FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Date:

Muzrabot tumanidagi “Obi hayot” mahallasi hududida joylashgan 7-sonli umumtaʼlim maktabida o‘quvchi-yoshlarning quvonchi cheksiz. Barchaning ko‘nglida bayram shukuhi hukmron. Maktab hovlisi ham o‘zgacha tarovat kasb etib turibdi. Sababi ushbu maktabning mavjud 460 o‘rinli binosi taʼmirlanib, 760 o‘rinli qo‘shimcha binosi qurib foydalanishga topshirildi. “Grand Termiz taʼmir” MCHJ tomonidan olib borilgan qurilish va taʼmirlash ishlari uchun 8 milliard 486 million so‘m mablag‘ ajratilgan.

Ochilish marosimi esa ko‘ngilga ana shunday hayajon baxsh etayotir. Ustoz-murabbiylar va o‘quvchi-yoshlarning quvonchiga sherik bo‘lish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda viloyatdagi mutasaddi tashkilot rahbarlari ham tashrif buyurgan.
Yoshi ulug’lar duosi, ezgu niyatlar bilan mehmonlar va mahalla faxriylari hamrohligida taʼmirlangan va yangi qurib bitkazilgan taʼlim muassasasi binosiga qadam ranjida qilindi. Yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanildi. Aytish kerakki, keng va yorug’ xonalar dars uchun kerakli bo‘lgan jihozlar bilan ta’minlangan.
Viloyat hokimi davlatimiz rahbari topshirig‘i asosida taʼlim muassasalarida maktab o‘quvchilarini kamida ikki xorijiy til va kasb-hunarga o‘rgatish borasida ushbu maktabda amalga oshirilgan ishlarning borishini ko‘zdan kechirdi. Dars jarayonlarida ishtirok etib, ta’lim sifati, o‘qituvchi mahorati, o‘quvchilarning layoqati bilan qiziqdi. Maktabning iqtidorli va intiluvchan o‘quvchilari bilan suhbatlashib, ularning kelgusidagi rejalari borasida so‘radi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkon va imtiyozlar kengaymoqda

Muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlar harbiy qismda oliygohga...

Reklama xarajatlarini davlat qoplaydi

1-yanvardan boshlab mahalliy sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni...

Sport jihozlari topshirildi

Termiz shahridagi “Kurash” sport majmuasida viloyatdagi barcha mahallalar yoshlari...

Hokim o‘z daraxtini ekdi

Mamlakatimiz bo‘ylab keng quloch yozgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi...
KunTun
KunTun