Ishonchga munosib javob

Date:

Yoshlar — Vatanning ertasi. Ularning kelajakda o‘z o‘rinlarini topishi, salohiyatli va bilimli kadrlar bo‘lib yetishishlari yo‘lida barcha qulaylik, shart-sharoitlarni yaratish va imtiyozlar berish tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgan. Talab etilayotgani esa faqat o‘qib o‘rganish. Angor tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi xodimlari “Navbahor” mahallasidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarda boʻlib, ana shunday oila farzandlari bilan suhbatlashishdi. Qiziqishlarini oʻrganishdi.
Albatta, har bir yosh uning hayotiga, ertangi kunidagi taqdiriga qiziqishayotganlikarini, e’tibor va g‘amxo‘rlikni ko‘rib, yolg‘iz emasligini tushunadi. Bildirilgan ishonchga munosib javob qaratishga intiladi. Mana shunday maqsad sifatida tashlangan qadam o‘zini oqladi. Suhbat jarayonida yoshlar o‘z qiziqishlari, kelajak orzulari haqida so‘zladilar. Aytish kerakki, bunday o‘rganishlar shunchaki amalga oshirilayotgani yo‘q, toʻgaraklarga qatnashib yanada chuqur bilim olish istagini bildirgan yoshlarning taklifi qoʻllab-quvvatlandi.
Hol so‘rab, yoshlar taqdiriga befarq bo‘lmagan mehmonlar xonadonlarga quruq qo‘l bilan kelishmadi. Ular yosh ko‘ngillarga ma’naviyat va ma’rifat ulashishni maqsad qilishdi. Bolajonlarga tuhfa qilingan “Alpomish” kitobi hamda issiq kiyimlar esa ana shunday maqsadning amaliy ifodasi edi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TerDU xalqaro trening mezboni

Termiz davlat universitetida “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan va texnologiyalar...

Yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda

Sariosiyo tumanida aholi uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish...

“Yangihayot” yangi binoda

2026-yil yurtimizda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb...

Yangi loyiha jadallashmoqda

Sariosiyo tumanida xorijiy qo‘shma korxona asosida tashkil etilayotgan sharbat...
KunTun
KunTun