Oila asrab qolindi

Date:

Muammo issiqmi, sovuqmi avj olib, jamiyatda yara misol ildiz otaveradi. Muammoning esa bittasi ham ko‘p. Ayniqsa, bu muammo oilada boshlansa, ajrim yoqasiga olib borsa, bundan yomoni yo‘q. Oldimizda turgan masala esa har qanday ajrimning oldini olish va munosib yechim izlashdir.
Uzun tumanidagi “Yoshlik” mahallasida yashovchi Muqaddas va Baxtiyor Abdullayevlarning oilaviy muammolari sabab xonadonida tinchlik-xotirjamlik yo‘qoldi. Masala jiddiylashib, oila ajrim yoqasiga kelib qolgan edi.
Mahalla xotin-qizlar faoli, profilaktika nozirlari va Oqila ayollar ishtirokida ushbu oila holidan xabar olib, muammoni o‘rganishdi. Er-xotinni murosaga keltirib, oila muqaddas dargoh ekanini tushuntirdilar. Qarabsizki, o‘rtadagi tushunmovchiliklar tumanday tarqab, yana bitta oila asrab qolindi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi bojxona tartibi joriy etildi

Yangi qarorga muvofiq, endi xalqaro pochta va kurerlik jo‘natmalari...

Yetakchilarimiz ildam

Bo‘stonliqdagi Yoshlar oromgohida yoshlar yetakchilarining faolligini oshirish va ilg‘or...

“Bir Vatan, bir el, bir bayroq!”

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi, milliy qadriyatlar va vatanparvarlik g‘oyalarini keng...

Eron delegatsiyasi xalqaro savdo markazida

Surxondaryoga tashrif buyurgan Eron Islom Respublikasi Fors viloyati hokimi...
KunTun
KunTun