Turkiya Surxondaryo ziyoratgohlarini o‘z ichiga oluvchi tur-paketlar ishlab chiqadi

Date:

Oynai jahon orqali Turkiya davlatining so‘lim tabiati qo‘ynida sayohat uyushtirish taklifi beriladi. Ekranlarimizda esa bepoyon kengliklar, dengiz bo‘yi va qayiqlarda Turkiyaning bor go‘zalligidan bahramand bo‘layotgan insonlarning baxtli chehralari ko‘rinish beradi. Ming yulduzli mehmonxonalar, tonggi uyg‘otish xizmati… bari ajoyib va g‘aroyib. Beixtiyor, Turkiyaga borishga qiziqish uyg‘onadi…
Hech o‘ylab ko‘rganmizmi, O‘zbekistonda, aynan Surxondaryo zaminida ham ana shunday takrorlanmas tabiat manzaralari, qadimiy madaniy-meros obyektlari-yu, arxitektura va arxeologik yodgorliklar bisyor. Bizda esa qoyilmaqon reklama va targ‘ibotning yo‘qligi esa vohaga bo‘lgan e’tiborning sustligiga xizmat qilayotgani esa haqiqat. Aslida vohamizning ana shunday e’tiborga molik joy va tabiati dunyo hamjamiyatida katta qiziqish uyg‘ota oladi.
Hechdan ko‘ra kech deganlaridek, O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Turkiya yetakchi ziyorat turkompaniyalaridan biri — “Uchbey turizm” vakillari va Surxondaryo viloyati hokimligi mutasaddilari o‘rtasida ayni muammoga munosib yechim toppish maqsadida uchrashuv tashkil etildi. Muzokaralar davomida Surxondaryo viloyatidagi ziyoratgohlar, ulamolar va ularning ilmiy merosi haqida maʼlumotlar berildi. Imom Abu Iso Muhammad At Termiziy, Al-Hakim At-Termiziy, Xo‘jamayxona majmuasi, So‘fi Olloyor, Xo‘jaipok ota hamda Sulton Saodat majmualarini o‘z ichiga oluvchi ziyorat turizmi yo‘nalishi imkoniyatlari taqdim etildi.
Surxondaryo viloyatidagi turizm firmalari bilan turk tomoni o‘rtasida o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish, viloyat sayyohlik salohiyati imkoniyatlariga oid ilmiy risolalar, videorolik va boshqa targ‘ibot materiallari tayyorlash hamda tarqatish masalalariga eʼtibor qaratildi. “Uchbey turizm” firmasi rahbari Xulusi Gulseren turkiyalik sayyohlar Samarqand va Buxorodagi muqaddas qadamjolar qatori Surxondaryodagi ziyoratgohlarga ham katta qiziqish bildirishlarini maʼlum qildi.
— Buxorodagi “Yetti pir” manzilgohlari bilan birga Surxondaryodagi tasavvuf pirlari va shayxlari maqbaralariga ziyoratlarni o‘z ichiga oluvchi qo‘shma tur-paketlarni ishlab chiqish yaxshi natijalarni beradi, — deya ishonch bildirdi Xulusi Gulseren.
Bo‘lib o‘tgan uchrashuv natijasida Surxondaryodagi ziyorat turizmi obektlariga oid targ‘ibot materiallarini turk tilida tayyorlash va salohiyatli ziyoratchilar o‘rtasida tarqatish, Turkiyadagi ko‘rgazmalarda viloyat vakillari ishtirokini taʼminlashga kelishib olindi.

H.Kamolova

Oldingi sahifaSoyasi va mevasi ila…
Keyingi sahifaAjoyib tashabbus

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Topshiriqlar ijrosi o‘rganildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan...

Xitoyda qadimgi insonning yangi turi topildi

Inson evolyutsiyasi har doim qizg‘in bahslarga sabab bo‘lib kelgan....

Cho‘lponning yangi topilgan asari nashr etildi

Ma’rifatparvar bobolarimizning ijodiy merosi, ayniqsa, hali adabiy jamoatchilikka noma’lum...

Bayrog‘imiz jahon sahnasida

Chempionat va kurashlarda polvonlar yurtidan nomzodlar ishtirok etsa, sportchilarning...
KunTun
KunTun