Yiliga 50-60 million so‘m daromad…

Date:

Yerni boqsang, yer seni boqadi deya bejizga aytishmagan. Bunga sho‘rchilik Sodiq Turdiyev o‘zining to‘qqiz yillik mehnati va tajribasi misolida amin bo‘lib kelmoqda. Asl kasb-u kori hisobchi bo‘lgan bu insoon shunchaki havas va bo‘sh vaqtida ermak bo‘lsin deb tomorqasidan mo‘jazgina issiqxona qurib sitrus mevalari bo‘lmish mandarin, apelsin va limon ekkandi. Ko‘chatlar parvarishidan, kunda, kunora ko‘karib, rivoj topib, bo‘y cho‘zayotganidan ruhlanib, bu ishga sho‘ng‘ib ketdi. Ko‘chatlar qarovchisini uzoq kuttirmay meva tugib, hosil berganida esa Sodiq Turdiyev o‘z mehnatining rohatini dildan his etdi.

Mana yillar davomida ro‘zg‘ordan ortganini bozorga, qo‘ni-qo‘shnilarga chiqarganidan daromad ko‘ra boshladi. Inson mehnat qilsa, mehnati yerda qolmas ekan. U oilaga, xonadonga baraka olib kelarkan.
—Bunday o‘zgacha mevalarni yetishtirish men uchun nafaqat tadbirkorlik, balki zavqli mashg‘ulot, — deydi S.Turdiyev. – Dastavval issiqxonadagi ko‘chatlar hosilga kirguncha, pomidor, bodring, turli xildagi ko‘katlarni ham yetishtirdik. Yillar o‘tib, sitrus mevalarimiz hosil bera boshladi. Asta-sekin tajribamiz oshib, yutuqlarga erishyapmiz. Har bir daraxtni o‘rganib chiqib, o‘z iqlimimizga moslashtiryapmiz. Yiliga 50-60 million so‘m daromad qilyapmiz.
Sodiq Turdiyevning boy tajribasi esa u yashaydigan “Yakkabog‘” mahallasi ahli uchun eng yaxshi namuna. Hattoki, qo‘ni-qo‘shnilar, tanish-bilishlar kelib, bog‘bon akasidan sitrus mevalar yetishtirish bo‘yicha kerakli yo‘l-yo‘riq va tavsiyalarni olib kelishmoqda.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun