Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etiladi </

Date:

Jinoyatchilik, uni fosh etish haqida gap ketganda, albatta, Erkyul Puaro haqida ishlangan serialning bir-biridan ajoyib qismlari yodimizga tushadi. Bizda esa ana shunday faoliyat yuritguvchi detektiv va huquqshunoslarning yetishmasligi og‘riqli tomonimizdek tuyiladi. Axir, u ham oddiy inson. Ammo, yurtimizda ham ana shunday mutaxassislarning yetishib chiqishi uchun imkon va sharoit bor. Buning uchun o‘qib-o‘rganish, tasavvur olami, diqqat va e’tiborni kuchaytirish, sinchkovlik, bilim va ko‘nikmalarni birlashtirish kifoya. Ayni maqsadda “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF–257-son, 28.11.2022-y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, Bosh prokuratura Akademiyasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etiladi. Unda jinoyatlarni tergov qilish sohasida kadrlarni amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini taʼminlagan holda yagona yondashuv asosida tayyorlashga qaratilgan uzluksiz o‘quv tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Aytish kerakki, 2023/2024-o‘quv yilidan Akademiyada tergov faoliyati va huquqni muhofaza qilish faoliyatining boshqa sohalarida bakalavriat (3 yil) va magistratura (1 yil) bo‘yicha o‘quv jarayoni tashkil etiladi. Shuni ham unutmaslik kerakki, akademiyaga qabul qilishda abituriyentlarning muayyan toifalariga respublikaning boshqa OTMga kirish uchun qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlari tatbiq etilmaydi.

Manbalar asosida H.Baxtiyorova tayyorladi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun