Denovda harbiy chavandozlar bellashdi

Date:

Bizkim mulki Turon, amiri Turkistonmiz. Mana shunday avlodning ajdodlari, ota-bobolari ham buyuk. Ularni tanish, o‘rgnish har birimizning qalbimizga g‘urur va iftixor tuyg‘ularini mavjlantiradi. Amir Temurdek bobomiz borligidan faxrlansak, Jaloliddin Manguberdi kabi mard o‘g‘lonlar jasorati tillarimizda doston, o‘lmas afsonaga aylangan. Shundanmi, unib-o‘sib kelayotgan o‘g‘lonlar ana shunday ajdodlari kabi bo‘lishni, o‘zlarini nelarga qodir alp ekanini isbotlashni istaydilar. Egnilarida harbiylar libosining yarashgani ham, Vatan xizmati uchun otlanganining sababi ham shundan. Shunday ekan mardning ishi ham, yumushi ham, mashg‘uloti ham mardlarga xos bo‘ladi. Ular har qadamida xalqning ihlosini, mehr-muhabbatini qozonadilar. Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Xayrobod garnizonida joylashgan harbiy qismda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan “Ot ustida estafeta” musobaqalari ham ayni shunday ahamiyat kasb etdi. Ular musobaqa tanlaganda ham udda qilish qiyin bo‘lgan bir necha mashg‘ulotlarni birlashtirib, murakkablashtirib, sinovdan o‘tishni o‘zlariga munosib deb bildir.

Denov tumanida musobaqa o‘tkaziladigan hudud o‘zgacha ko‘rinish, ajoyib qiyofa aks etganini e’tirof etmaslikning iloji yo‘q. Sababi hudud Surxon etno madaniyatini aks ettiruvchi anjomlar bilan bezatilgan. Ayniqsa, harbiy xizmatchilar o‘z oilalari bilan tikkan o‘tovlari milliy qadriyatlarimizning go‘zal tarannumi sifatida bo‘y ko‘rsatgan. Ushbu hududni kezgan borki, ko‘hna Surxonning qadimiyligini, o‘lmas qadriyatlari borligini his etadi. Bir tomonda qo‘l mehnati namunalari, kashta naqshlari-yu, quroq parchalariga ko‘zingiz tushsa, boshqa tomondan ip yigirayotgan chechalarning mahoratiga mahliyo bo‘lasiz.
Tadbirning ochilishi esa bo‘lak bir mavzu. Katta sahnaga Amir Temur siymosini gavdalantirgan aktyorning nutqi etingizni junjuktirib yuborsa, buyuk bobomiz hali sahnani tark etmay turib, o‘rtaga ot choptirgancha Jaloliddin Manguberdi chiqib keladi…

Mana shunday ajoyib chiqishlar baxshiyonaga ulandi. So‘ngsiz kengliklarga aks-sado bergan aytimlar quloqqa tanish va yoqimli eshitiladi. Shundan so‘ng, harbiy orkestr sadolari yangrab, navbat faxriy qorovul shaxsiy tarkibining ko‘rgazmali chiqishlariga berildi.
Musobaqaning tantanali ochilish marosimiga ana shunday puxta tayyorgarlik ko‘rilganki, tomoshaga kelganlar uchun taassurotlarga boy bo‘ldi.

Musobaqa ishtirokchilari esa uchta yo‘nalish bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdilar. Jarayon qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi. Ot choptirayotgan chavandozlarning otda yurish mahorati yaqqol sezilgan bo‘lsa, ot ustida mohirlik ila berilgan topshiriqarni bajarishlari tomoshabinlarning so‘ngsiz olqishiga sazovor bo‘ldi.

Tomoshabin hakamlarning baholarisiz ham g‘oliblarni ajrata oladigan saviyada ekanini payqash qiyin emas. Sababi ular qo‘llab-quvatlayotgan, ularning mehr-muhabbatini qozona olgan ishtirokchilargina g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilganini ko‘rish-da, fikrimizning isboti deyish mumin. “Ot ustida estafeta” bahslarining yakuniy natijalariga ko‘ra, faxrli 1-o‘rinni Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari jamoasi, 2-o‘rinni DXX chegara qo‘shinlari jamoasi, 3-o‘rinni Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari jamoasi qo‘lga kiritdi.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlari Mudofaa vazirligining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“UY”INI TOPOLMAYOTGAN GAPLARyoxud ijtimoiy tarmoqlar tarbiyasidagi oilalar

Bugungi kunda oilalardagi notinchlik, ajrimlar sonining ko‘payishi nafaqat individual...

EGASIDA QOLGAN SOVG‘A

YAPONIYANING POYTAXTDAN UNCHA UZOQ BO‘LMAGAN BIR QISHLOG‘IDA KEKSA SAMURAY...

Kichik mehmonxonalar qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratiladi

Hukumat qarori bilan tuman va shaharlarda kichik mehmonxonalar qurish...

Mamontlar qaytadimi?

AQShda 2028-yilda mamontlarni qayta dunyoga keltirishmoqchi. Mamontchaning tug‘ilishi uchun...
KunTun
KunTun