Maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkaziladi

Date:

Tog‘ yon bag‘rlarida joylashgan hududlar borki, u yerlarda yashovchi aholi doimo hadikda yashaydi. Ayniqsa, kuz, bahor oylarida suv toshqinlari, zilzila bo‘lmasin degan o‘y ularning diqqat markazida. Bunday ofatlar mahalliy aholining nafaqat uy-joyi, mol-mulki, balki shirin joniga ham daxl qilishi hech gap emas.
Nima bo‘lganda ham mahallik aholi bunday ofatlarga tayyor turishi, oldini olishi uchun harakatda bo‘lishi lozim. Shu sababdan ham Surxondaryo viloyati hokimi – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga asosan Denov tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish davlat tizimi xizmatlari ishtirokida viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbarligida sel suv toshqinlari, zilzila va yong‘inlar sodir bo‘lganda favqulodda vaziyatlarni oldini olish mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
Bundan ko‘zlangan maqsad sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda tuman FVDT xizmatlarining harakat qilishga tayyorligini amalda o‘rganish va bilim ko‘nikmalarini yanada oshirish, shuningdek, fuqarolarning xavfsizligini ta`minlashdan iborat.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun