To‘g‘ri joyga ekish ham muhim…

Date:

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Dolzarb 40 kunlik” amaliyotda ham muhim ahamiyat kasb etgan. Bu loyiha millionlab daraxt ekishgina emas, balki to‘g‘ri joyga ekish va parvarish qilishni ham nazarda tutadi. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda “Daraxt havas bilan ekilishi, xalqimiz, mahallalarimizning madaniyatiga aylanishi lozim”.

Boysun tumanida ham “Dolzarb 40 kunlik” doirasida e’tiborga molik ishlar amalga oshirildi. Tumandagi 2-son kasb-hunar maktabida tuman hokimi, tuman hokimining o‘rinbosari, kasb-hunar maktabining ishchi-xodimlari hamda yoshlar ishlari agentligi tomonidan 1500 dona mevali, manzarali ko‘chatlar hamda mavsumiy gullar ekildi.

Atrofni bezab turgan bu yashillik nafaqat ko‘zlarni quvnatadi, balki atrof-muhit, ekologiya sofligi uchun ham beminnat xizmat qiladi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun