Mingga yaqin mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi

Date:

Bir gektar daraxtzor bir kunda 220-280 kilogramm karbonat angidrid yutadi va 180-220 kilogramm kislorod ishlab chiqaradi. Qolaversa, daraxtzorlar havodagi chang miqdorini kamaytirib, shovqinni yutadi.

Manzarali daraxtlar ekilgan bogʻda qilingan yarim soatlik sayr bir necha turdagi dori vositalari oʻrnini bosadi. Shunday ekan, yashillik, tiriklikning foydasi naqadar katta ekanini unutmaslik kerak.

Ayniqsa, Prezidentimizning 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 46-sonli Farmonining imzolanishi negizida ham ana shunday insoniylik, ona tabiatga yuksak ihlos mujassam.

Farmonning amaldagi ijrosi sifatida mamlakat miqyosida “Yashil makon” umummilliy loyihasi tatbiq etildi. 10-dekabrga qadar daraxt ekish bo‘yicha “dolzarb 40 kunlik” e’lon qilindi. Va barcha birdamlik ila ko‘chat ekishga kirishdi.

Surxon vohasida ham “dolzarb 40 kunlik”da e’tiborga molik ishlar amalga oshirildi. Loyiha doirasida “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boshqaruvi hamda tuman bo‘linmalarining jonkuyar vakillari tomonidan ko‘chat ekish tadbirlari amalga oshirildi.

Bo‘sh turgan yer maydonlari deysizmi, aholi tomorqalari, dala chetlaridami, xullas ekish mumkin va lozim bo‘lgan joylarda mingga yaqin mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekishga erishildi. Denov, Sariosiyo, Sho‘rchi hamda Sherobod tuman bo‘linmalari xodimlari loyiha doirasida o‘z faolliklarini namoyish qildilar. “Dolzarb 40 kunlik” joylarda davom etayotir.

Asalxon Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

YOSHLAR KASTINGDAN OʻTDI

Jurnalistika yoshlar uchun qiziqarli va qaynoq soha. Mehnat-u mashaqqat...

Inson koʻrsatmasisiz…

Amеrikalik olimlar jarrohlik roboti va uni boshqaradigan sun'iy intеllеkt...

Insonlarsiz asfalt qilinmoqda

Inson aqli, ong-u tafakkuri har qanday muammoga yechim topishga...

Talabgorlar faqat ayollarmi?

Oʻzbеkistonda 2025-yilning birinchi yarmida ayollar tomonidan ipotеka krеditiga boʻlgan...
KunTun
KunTun