Umida Omonova xalqaro turnir g‘olibi

Date:

Barcha sport turida jismoniy kuch va imkoniyatlar sinovi orqali g‘olib aniqlansa, shaxmatda aqllar bellashadi. Toshkent shahridagi “Hilton” mehmonxonasida shaxmat bo‘yicha “Tashkent Open-2022” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Xalqaro turnirning professional ayollar guruhida ishtirok etgan vohadoshimiz Umida Omonova barcha raqiblarini “yer tishlatib” turnir g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Umida Omonovaga turnir tashkilotchilari tomonidan 50 million so‘m pul mukofoti va turnirning bosh sovrini “Chevrolet Tracker” avtomobili kaliti tantanali topshirildi.
Bu yutuqlar yosh shaxmatchi qiz uchun muvaffaqiyat pillapoyasining ilk odimlari deyish mumkin. Oldinda esa chempionni yulduzli onlar kutayotganiga shubha yo‘q.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun