“Saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi”

Date:

“Ba’zan deputatlar faqat saylovoldi jarayonlarida faollashishadi.” “Biz deputatimiz kim ekanini bilmaymiz”, talqinidagi gap-so‘zlarni ko‘p bora eshitamiz. Unutmaslik kerakki, besh qo‘l baravar emas. shunday deputatlar borki, o‘z ishiga vijdonan yondashadi va xalqni qiynayotgan muammolarni, dard-u tashvishini o‘rganadi. Ularga munosib yechim topish yo‘llarini qidiradi. To‘g‘ri, bunday ishlarda vaqt, mablag‘ kerak bo‘lishi mumkin. Deputatning harakati, tashabbusi bilan bariga munosib yechim topiladi.

Bugun viloyat kengashi deputatligiga 25-Oxunboboyev saylov okrugidan saylangan deputat Gulmira Amirova ham ana shunday g‘ayratli, tashabbuskor deputatlardan. U Qiziriq tuman deputatlari bilan birgalikda qishloq xo‘jalik qurilish kollejida o‘z hudud saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda hudud ahlining taklif va murojaatlarini tingladi. Ularni o‘ylantirayotgan va yechimini kutayotgan masalalarni atroflicha o‘rgandi. Muammolarni bartaraf etish uchun rejalar tuzib oldi.
Umid qilamizki, qiziriqliklarning muammolari qisqa fursatlarda o‘rinli hal etiladi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun