Shahzoda Shokirova — g‘oliblar safida…

Date:

Sahnaga gimnastikachi qizlar chiqsa, nafaqat ajib sport turning nafosatidan, balki go‘zal san’at namoyishidan estetik ruh, kayfiyat olamiz. Bejirim libos kiygan gimnastikachining nozik harakatlari, ohangga hamohang raqslari nigohlarni sahnaga mixlab qo‘yishi aniq. Uzun tumanida “Surxonning jajji malikalari” shiori ostida sportning badiiy gimnastika turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan viloyat chempionatida ham ana shunday manzaraning guvohi bo‘lish mumkin.

2014-2017-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan chempionatda ishtirokchilarga baho berish mushkul bo‘ldi. Sababi har bir chiqish o‘ziga xos va ajoyib edi. Badiiy gimnastika sport turining mutaxassislari, malakali trenerlardan tuzilgan hakamlar hay’ati tomonidan adolatli baholangan musobaqada Shahzoda Shokirova Sariosiyo tumani sharafini munosib himoya qilib, 1-o‘ringa munosib topildi.

G‘olib va sovrindorlar yakunda tashkilotchilarning diplom hamda medallari bilan taqdirlandi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun