Zahmatli mehnati ortidan…

Date:

“Anor festivali”ga mezbonlik qilgan Sherobod tumaniga yo‘lingiz tushib, qaysi xonadonning eshigiga bosh suqmang anorzorlarga, hech bo‘lmaganda bir necha o‘n tup anor daraxti shig‘il-shig‘il hosil tugib yotganiga ko‘zingiz tushadi. Haqiqatan sherobodliklar anorchilikning hadisini olishgan. Shuning orqasidan ro‘zg‘or tebratib, uy solishadi, to‘y qilishadi. Tumandagi “Kattabog‘” mahallasida istiqomat qiluvchi Dilbar Davidova ham hovlisida barpo etilgan mo‘jazgina bog‘da 150 tupdan ortiq anor daraxtidan yetilgan anorlari bilan daromad ko‘radi. Tadbirkorligi ham zahmatli mehnati ortidan.

Anorlar hosili pishib-yetilib, meni uzib ol deyayotgandek, ajib ko‘rinish aks etgan. Dilbar opa eshigini taqillatib kelgan borki, bog‘iga taklif etadi va mazali anorlaridan tatib ko‘rishmaguncha jo‘natmaydi.

Yer bilan tillashib, mehnatdan qochmaydigan opa limonchilikda ham o‘zini sinab ko‘rgan va o‘z ishini udda qilganlardan. Parvarish qilayotgan limonlari ham rangga kirib, bu yilgi barokatli hosildan nishona bo‘lib turibdi. Tadbirli ayolning bog‘iga sayr qilib, atrofni bir-bir kuzataversangiz, tomorqasining bir qarichi ham bekor turmaganiga ishonch hosil qilasiz. Anorzor-u limonzorlar oralab, yo‘lingiz ayni hosilga kirgan bulg‘or qalampirlariga ulanadi. Inson rizq izlab chetga chiqishiga hojat yo‘qligini bir qishloq ayolining qilayotgan ishlari misolida ko‘rish, bilish mumkin. Rizq ham, Baraka ham mehnatda ekanida amin bo‘ldik. Atrofimizda esa har birimizga motivatsiya beradigan, shukronalikka undab, ibrat va namuna bo‘ladigan bunday ayollar juda ko‘p.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun