Yilning eng yaxshi tarbiyachisi aniqlandi

Date:

Tarbiyachi mahorati sabab endigina unib-o‘sib kelayotgan nav-nihol yanglig‘ o‘g‘il-qizlar dunyoni taniydi, anglaydi. Ular bolajonlarni kun bo‘yi enaga sifatida o‘ynatib, ovqatlantirish bilan kifoyalanmaydi. Bunday qarashlar bugungi davrning tajribali tarbiyachilariga to‘g‘ri kelmaydi. Ular kasb ko‘nikmasiga ega mutaxassis, bola psixologiyasini yaxshi bilib, har biri bilan individualni yondashadigan, ma’lum dastur va reja asosida ish tutadigan kadrlardir.

Eng yaxshi, eng mahoratli, tajribali va o‘z ishining ustasi bo‘lgan tarbiyachilar esa ko‘plab topiladi. “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi – 2022” kasbiy ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi esa viloyatdagi eng yaxshi tarbiyachilarni saralashga, tanlab olishga xizmat qildi. Har bir shartda o‘zlarini sinagan ishtirokchilar, bilimini, har qanday sharoitda o‘zlarini tutishlari-yu, vaziyatdan chiqishlarini amalda ko‘rsatib berdilar. 5 ta nominatsiya bo‘yicha ishtirokchilar g‘oliblik uchun bellashdilar.
Termiz tumanidagi 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi Maftuna G‘afforova “Yilning eng yaxshi kreativ tarbiyachisi” nominatsiyasi bo‘yicha barcha raqiblaridan ustun kelib, viloyat birinchiligini qo‘lga kiritdi va ko‘rik-tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmaga ega bo‘ldi.
Tanlov so‘nggida g‘oliblar Surxondaryo viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasining diplom hamda sovg‘alari tantanali topshirildi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Jayhun” milliy san’atimizni tarannum etdi

Milliy san’at va madaniyatimizni xalqaro maydonda keng targ‘ib etish,...

“Ijtimoiy taraqqiyot uchun” maydonga chiqdi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va...

Kitob oʻqib, damas yutdi

Kitob mutolaasi insonning dunyoqarashini kengaytirib, tafakkurini boyitadi. Ayniqsa, davlat...

Paxta terimiga tayyorgarlik ko‘rildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanidagi «Zamin Angor...
KunTun
KunTun