Termizliklar eng kuchli jamoa…

Date:

Boks sport turi haqida gap ketishi bilan ko‘z o‘ngimizda arqonlar bilan o‘ralgan ringda qo‘llarida charm qo‘lqop kiyib, yakkama-yakka kurashayotgan ikki raqib namoyon bo‘ladi. Murosasiz kechadigan janglarda shubhasizki, bir necha raud ichida g‘olib va mag‘lub aniq bo‘ladi. Bunda albatta, kuch, mahorat va iste’dod bokschiga qo‘l kelishi aniq.

Jarqo‘rg‘on tuman sport maktabida boks bo‘yicha 2008-2009-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida Surxondaryo viloyati birinchiligi musobaqasida ham kuchlilar sinaldi.
Musobaqada viloyatning barcha hududlaridan kelgan o‘smir bokschilar g‘oliblik uchun ringga ko‘tarildi. Termiz va Sho‘rchi tumanidan ishtirok etgan jamoalar 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2-o‘rinni mezbon jamoa band etdi. Eng kuchli jamoa, ya’ni 1-o‘ringa esa Termiz shahrining yosh bokschilari o‘z kuch va mahoratlari bilan loyiq topildi.
Aytish kerakki, musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lgan bokschilar viloyat o‘smirlar terma jamoasining asosiy hamda zaxira tarkibiga qabul qilindi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun