Ustozga ehtirom

Date:

Bejizga Oʻtkir Hoshimov “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”ida ustozni charxpalakka, shogirdni esa suvga oʻxshatmaydi. Charxpalak oʻzining parraklari orqali suvni yuqoriga koʻtaradi. Yuqoriga chiqib olgan suv ortga qaytmaydi. Charxpalak esa bundan ranjimaydi, yana boshqa suvni yuqoriga koʻtaraveradi.

Erta tongdan Termiz shahridagi 16-sonli IDUMda bayram kayfiyati hukrmron. Maktab hovlisiga kiraverishda ikki tomondan saf tortgan o‘g‘il-qizlar qo‘llarida gul bilan ularga ta’lim-tarbiya bergan, ma’naviy dunyosini ilm-u ziyoga to‘ldirgan mukarram zotlar — ustozlarini kutishayotir. Ostonadan xatlagan o‘qituvchi-murabbiylar borki, musiqa sadolari, ajib va samimiy tilaklar ostida qarshi olindi.

Ustozlarni kutib olish marosimi, ular uchun tayyorlangan bayram dasturiga ulanib ketdi. Ustozlarni madh etuvchi she’rlar, tabriklar o‘qib eshittirildi.
Maktabning iqtidorli o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishida esa inson taqdiriga ustozning o‘rni naqadar muhim ekani ishonarli va jonli tarzda isbotlab berildi. Tomoshadan ta’sirlangan o‘quvchilarning qarsaklari maktabni tutib ketdi.

Ajoyib va o‘ynoqi kuy-qo‘shiqlar yangrab, ustoz-u murabbiylar, o‘quvchi yoshlar dildan raqsga tushdilar.
Aslida ustozga har kuni, har daqiqa ehtirom ko‘rsatamiz. Mehnatlarini qadrlab, qo‘llarimizni ko‘ksimizga qo‘yib, xizmatiga shay ekanimizni bildiramiz. Demak, bayram bugun bilan kifoyalanmaydi. Har kuni, har on bu shukuh, bu minnatdorchilik davom etadi.

S.Allayeva

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun