Bokumenko Noriko: “Kasbim bilan chinakamiga faxrlanaman”

Date:

Ustoz — qalblarni ilm-u ziyoga, iymon nuriga to‘ldiruvchi, hali o‘zini-da anglab ulgurmagan murg‘ak bolada dunyoqarashni shakllantirguvchi yuksak zot. Ustozlar haqida gap ketganda, hatto dunyoni yarmidan ortiq aholisini zir titratgan Iskandar Zulqarnayn ham xushyor tortgan. Ustozini otasidan ham ulug‘ pog‘onada tutgan. Uning “Otam meni tanamni osmondan yerga olib tushgan bo‘lsa, ustozim mening ruhimni samolarga ko‘targan”, — degan so‘zlaridan bu yuksak kasb egalari har doim, har soniyada hurmatda bo‘lganligini anglashimiz qiyin emas. 1-oktyabr sanasi esa quloqlarga yoqimli eshitiladi. Sababi, ushbu sana arafasida bu buyuk zotlar har doimgidan-da ziyodroq e’tirof, e’tiborda.

Aynan shu kun arafasida ulug‘ kasb egalarini tabriklash hamda soha vakillarini taqdirlash maqsadida “Muhtasham saroy” binosida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir Surxondaryo Viloyat hokimi To‘ra Bobolovning hurmatli yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning tabrigini o‘qib eshittirishi bilan boshlandi.

Mehridaryo ustozlarning mashaqqatli mehnati tahsin-u sharafga sazovor. Murg‘ak qalblarga yo‘l topish, ta’lim-tarbiya berish, ilm-ma’rifat ulashish, yuksak cho‘qqilarni zabt etishda yelkama-yelka turish ustozlar zimmasidagi mas’uliyat. Ana shu vazifalarni sidqidildan ado etib, kasbining haqiqiy faxriga aylangan bir qator ustoz va murabbiylarga viloyat hokimining faxriy yorliqlari va estalik sovg‘alari topshirildi.

—Kasbim bilan chinakamiga faxrlanaman, — deydi “Bolalar musiqa va san’at maktabi” o‘qituvchisi Bokumenko Noriko. — Hozirgacha vatanimiz ravnaqi yo‘lida xizmat qilayotgan bir qancha shogirdlarni o‘qitib, tarbiya qildim. Bizning san’atimiz nafaqat O‘zbekiston hududida, balki chet davlatlarda ham munosib bahosini topib boryapti. Barcha ustoz va murabbiylarni bayram munosabati bilan tabriklayman. Davlatimiz rahbariga alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ularning sa’y-harakatlari bilan biz bugun e’tirofdamiz.

Bayram-tadbiri diltortar navolar va jozibali raqslar bilan hamohang tarzda ko‘tarinki kayfiyatda nishonlandi. Ustoz va murabbiylarning cheksiz quvonchi, yuraklarining tubidagi minnatdorlik hissi ko‘zlarida o‘z aksini topib turgan edi…

D.Otaqulova,
N.Muhibulloyev
(foto)

Oldingi sahifaUstozga ehtirom
Keyingi sahifaMehnati rag‘bat topdi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

AI–80 cheklanadi

Yil yakuniga qadar barcha kuch va resurslarni safarbar etib,...

Qadog‘ida tarkibi yozilishi shart

Joriy yilning 1-sentabridan boshlab, sanoat sharoitida qayta ishlangan va...

Velosipedda harakatlangan ragʻbatlantiriladi

2025-yilda aholining salomatligini yaxshilash, ekologik turmush tarzini shakllantirish va...

Mahalla binosi qurilishi boshlandi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Mustaqillik” mahallasida aholiga qulay sharoit yaratish va...
KunTun
KunTun