Professor-o‘qituvchilar Yevfrosin nomidagi Polotsk davlat universitetida…

Date:

Xorijiy davlatlarning nufuzli oliygohlarida tahsil olib qaytgan yoshlar suhbatida bo‘lganimizda, pedagoglarning mahorati haqida, ularning ta’lim berishda o‘ziga xos yondashuvga tayanishlarini hikoya qilib berishadi. Jahon standartlari haqida to‘xtalamiz-u, ta’lim tizimida ham ana shunday standartlarni o‘zlashtirish kerakligini unutamiz. Aslida yosh kadrlarni tayyorlashda innovatsion kommunikatsiya texnologiyalari va faol usullardan foydalanish tajribasini o‘rganish bugunning talabi va zaruratiga aylanib ulgurgan.

Termiz davlat universitetining xorijiy filologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari Yevfrosin nomidagi Polotsk davlat universitetida “Talabalarga ta’lim jarayonida o‘qitishning innovatsion usullari va texnologiyalari” amaliyot o‘quv dasturi doirasida malaka oshirish kurslarida qatnashdilar.

Maqsad esa bitta — o‘qituvchining kasbiy kompetentsiyalarini rivojlantirish va o‘quv jarayonini monitoring qilish bilan birga, xorijiy tillarni o‘qitishda tajriba o‘rganish orqali ta’lim sifatini yaxshilashga erishish.
Termiz davlat universitetidan borgan delegatsiya a’zolari universitet rahbariyati bilan uchrashib, universitetlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida muzokaralar olib bordilar. Mezbonlarga o‘zbek milliy choponlari ramziy sovg‘a sifatida taqdim etildi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xizmatlar ko‘lami kengaydi

Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida ovqatlanish va yangi xizmat ko‘rsatish...

Qurilish jadallashdi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi 63-son umumta’lim maktabida 180 o‘rinli yangi o‘quv...

Eko-bozor loyihasi nazoratda

Sariosiyo tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida barpo etilayotgan Eko-bozor qurilishi...

Daraxtlar kechasi sug‘orilmoqda

Kunduzgi jazirama hukm surayotgan kunlarda Sariosiyo tumanida daraxtlar va...
KunTun
KunTun