“Xalq yo‘li”da tibbiyot punkti foydalanishga topshirildi

Date:

Aytish kerakki, Muzrabot tumanida 6 ta oilaviy poliklinika, 3 ta oilaviy shifokorlik punkti, 1 ta ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika va 12 ta mahalla tibbiyot punkti fuqarolarga samarali tibbiy xizmat ko‘rsatib kelayotir. Yetarli shart-sharoit yaratilgani sohaga qaratilgan yuksak e’tiborning namunasi deyish mumkin. Tumaning 1-sektor hududiga qarashli “Xalq yo‘li” mahallasida ham yangi tibbiyot punktining foydalanishga topshirilgani ana shunday ishlarning izchil davomi bo‘ldi.

Ochilishi bilan tibbiy xizmat ko‘rsatishni boshlab yubordi. Tibbiyot punkti ostonasiga tutilgan qizil tasmalar kesilishi bilan ichkariga qadam ranjida qilganlar borki, yaratilgan shart-sharoit va qulayliklardan quvonishdi. Yorug‘ va shinam xonalar kerakli tibbiy jihozlar, uskunalar bilan jihozlangan, sanitariya-gigiyena qoidalari asosida xizmat ko‘rsatayotgan shifokor va hamshiralarning yorug‘ yuz bilan kelganlarni qarshi olib, shirin zabonlik ila kuzatayotir.

5 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan ushbu tibbiyot punkti aholi sog‘ligini saqlab, ularga tez va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishga xizmat qiladi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun