27 juftlik oila qurishga tayyor…

Date:

Qaysidir tashkilot yoki idorada yoinki sohada ishlash uchun maxsus bilim va ko‘nikma talab etiladi. Aks holda faoliyat yuritishni hatto xayolimizga ham keltira olmaymiz. Xuddi shunday katta hayot ostonasida turgan yigit-qizlar nega endi oila atalmish qo‘rg‘onni zarur tajriba va bilimlarsiz qurishyapti? Axir, oila qandaydir tashkilot yoki idora emaski, ishdan bo‘shab, boshqa biriga kirish imkoni bo‘lsa…

Sharqona mentalitet tusini olgan qarashlarimiz, zamona talabi ham shu — oila qurish ostonasida turgan yoshlar, albatta, turmush qurishdan avval hayot maktabining saboqlarini olishi zarur. Ana shundagina er-xotinning, qayinona-kelinning o‘zaro kelishmovchiliklari sabab, oilalar darz ketmaydi. Ayni shu maqsadni o‘zlariga shior etgan Sherobod tumani yoshlarni hayotga tayyorlash maktabida tuman FHDYO bo‘limi yo‘llanmasiga asosan 27 juftlikka dars o‘tildi.

Yoshlar tumandagi tajribali psixolog N.Voxobova hamda markaz boshlig‘i T.Choriyevalar tomonidan “Repuroduktiv salomatlik asoslari”, “Oilada er-xotin, qayinona-kelin munosabatlari”, “Iqtisod va oila byudjeti”, “Oila psixologiyasi” mavzularida seminar-treninglar o‘tkazildi. Oilaviy huquqiy munosabatlar tushuntirildi.
Mutaxassislar tinglovchilarga ma’naviy-axloqiy qadriyatlar haqida, baxtli bo‘lish sirlari, oila muqaddas dargoh ekanini tushuntirib, bir so‘z bilan aytganda, katta hayotga ilk muhim odimni tashlashlarida yoshlarga kuch va motivatsiya berdilar. Mana shunday maxsus darslarning o‘tilishi oilaviy hayotga tayyorlanishda, yoshlarning to‘g‘ri yo‘l va qarorni qabul qilishlarida eng yaxshi tajriba maktabi bo‘ladi.
Yakunda tinglovchilarga tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan sertifikatlar topshirildi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Asadbek boʻsh kelmadi

Toshkent shahrida dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro turnirda Termiz davlat...

TerDUda amerikalik mutaxassis ish boshladi

AQSh Elchixonasi huzuridagi Mintaqaviy ingliz tili bo‘limi (RELO) vakillari...

Sinovlar boshlandi

Termiz davlat universitetida 2026/2027-oʻquv yili uchun bakalavriat va magistratura...

Qumqo‘rg‘onda yangi mini-stadion ochildi

Qumqo‘rg‘on tumanining Bobolochin mahallasida yoshlar va aholi uchun mo‘ljallangan...
KunTun
KunTun