Turistik obyektlarga olib boruvchi yo‘l ko‘rsatkichlari o‘rnatilmoqda

Date:

Tasavvur qiling, sayohatga chiqdingiz, o‘sha davlatning tilni bilmasangiz, sizga yordam beradigan va qiyin vaziyatga tushishdan asrovchi bir jihat bu — yo‘llar bo‘yida o‘rnatilgan yo‘l ko‘rsatkichlari. Ana shu belgilar orqali qayerga borishni reja qila olasiz. Demak, yurtimizda ham sayyohlar uchun eng avvalo, qulay sharoit yarata olish lozim. Ko‘rsatiladigan xizmat turlarini kengaytirb, ichki turizmni rivojlantirsakkina sayyohlar e’tiborini jalb etgan bo‘lamiz. Shu maqsadda Sariosiyo tumanining asosiy yo‘llari bo‘yida o‘zbek va ingliz tillaridagi turistik obektlarga olib boruvchi yo‘l ko‘rsatkichlari o‘rnatish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.
Ushbu yo‘l ko‘rsatkichlari, qolaversa, turizm xizmatlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish orqali Sariosiyo tumaniga tashrif buyurgan har bir mehmon qayerda mehmonxona joylashgani-yu, ovqatlanish punktlari, savdo nuqtalariga bora oladi. Xullas bunday xizmat turi viloyat hududlari bo‘ylab harakatlanishda qulaylik yaratadi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun