Munosiblar taqdirlandi

Date:

Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlarni nafaqat u yoki bu mutaxassislik bo‘yicha tayyorlaydi, balki ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda ham mas’ul. Yoshlarning iqtidorini yuzaga chiqarish uchun turli tadbirlar, uchrashuv va kechalar, ko‘rik-tanlov va musobaqalar o‘tkazib kelinadi. Termiz davlat universitetida ham talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligiga bagʻishlab “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz!” mavzusida onlayn insho, rasm, she’r va qo‘shiqlar (o‘z muallifligidagi audio formatda) tanlovi e’lon qilindi.

Ushbu tanlov adabiyotga, san’atga qiziquvchi iste’dod sohiblarining o‘z iqtidorlarini namoyish etishlari uchun bir imkon vazifasini o‘tadi. Vatan tasviri tushirilgan ajoyib chizgilar, misralarga jo bo‘lgan tuyg‘ular hakamlar hay’atini befarq qoldirmadi. Ayniqsa, sohir ovoz sohib va sohibalari ijrosidagi mualliflik qo‘shiqlari ham ajoyib. Har bir yo‘nalishda o‘z ishining ustalari, eng yaxshi ijodiy ishlar saralandi. Mas’ul ishchi guruhning yakuniy xulosasiga koʻra g‘olib deb topilgan talabalarning taqdirlash marosimida e’tiborga tushgan she’r-u qo‘shiqlar, insho va rasmlar e’tirof etildi.

Tanlov g‘oliblari Termiz davlat universiteti tomonidan diplom va har bir yo‘nalish bo‘yicha pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun