Fuqarolarga qulaylik yaratildi…

Date:

Bir hududdan boshqasiga ko‘chib o‘tish talay muammolarga sabab bo‘luvchi jarayon. Atrof-muhitni o‘rganish, uning havosiga, vaqt o‘zgarishiga, insonlariga moslashish bir muammo bo‘lsa, hujjat rasmiylashtirish anchagina sarsongarchilik keltirib chiqaruvchi holatdir. Bugunki kunda mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarida keng ko‘lamli islohotlar yuritilayotganiga guvohmiz. Albatta, migratsiya sohasi ham bu o‘zgarishlardan chetda qolayotgani yo‘q.

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va uning quyi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar xususidagi matbuot anjumanida sohaga doir o‘zgarishlar haqida keng ma’lumotlar berib o‘tildi. Sir emaski, so‘nggi paytlarda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi bilan bog‘liq masalalarda, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tizimini raqamlashtirish yuzasidan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
— Migratsiya sohasi bo‘yicha yaratilayotgan qulayliklarning eng asosiylari davlat boji to‘lovlarini elektron hamyonlar, elektron to‘lov tizimlari yoki to‘lov terminallari yordamida oson to‘lash imkoniyatlaridir, — deydi mayor Husniddin Xolliyev. — Undan tashqari fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida viloyat bo‘ylab jami 17 ta ichki ishlar organlarining migratsiyasi va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari maxsus texnik qurilmalar, kompyuter jihozlari bilan jihozlanib, identifikatsiya ID-kartalari rasmiylashtirish punktlari tashkil etildi.
Sohaning elektronlashtirilishi fuqaro uchun qulaylik yaratibgina qolmay, vaqtni ham anchagina tejaydi.

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid “E-Fuqaro” idoralararo ma’lumotlar bazasi joriy etilib, fuqarolik masalalarini tizim orqali ko‘rib chiqishning yo‘lga qo‘yilishi muammolarga yechim bo‘la oldi deyishimiz mumkin. Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi o‘zgarishlarni sanab adog‘iga yeta olmaysiz: xoh u ichki migratsiya yo‘nalishida bo‘lsin, xoh xorijiy fuqarolarni hisobga olish yo‘nalishi yoki sohani raqamlashtirish masalasimi, barcha-barchasida fuqarolar uchun ijobiy o‘zgarishlarning guvohi bo‘lasiz. Ahamiyatli jihati esa 76 ta xorijiy davlatlar fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasida 30 kungacha vizasiz bo‘lishi hamda O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Tojikiston Respublikasi hukumati o‘rtasida o‘zaro kelib-ketishlari to‘g‘risidagi bitimga qo‘shimchalar kiritilgani bo‘ldi. Unga ko‘ra endilikda ikki davlat fuqarolari 10 kun davomida bir-birlarining hududiga erkin kirib-chiqadigan bo‘lishdi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, bugungi kunda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlari tomonidan xalqaro standartlar asosida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini yanada oshirish maqsadida fuqarolarga qulay va osonlashtirilgan holda davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda. Matbuot anjumanida ishtirokchilar soha doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.

D. Otaqulova,
N. Muhibulloyev,
(foto)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“UY”INI TOPOLMAYOTGAN GAPLARyoxud ijtimoiy tarmoqlar tarbiyasidagi oilalar

Bugungi kunda oilalardagi notinchlik, ajrimlar sonining ko‘payishi nafaqat individual...

EGASIDA QOLGAN SOVG‘A

YAPONIYANING POYTAXTDAN UNCHA UZOQ BO‘LMAGAN BIR QISHLOG‘IDA KEKSA SAMURAY...

Kichik mehmonxonalar qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratiladi

Hukumat qarori bilan tuman va shaharlarda kichik mehmonxonalar qurish...

Mamontlar qaytadimi?

AQShda 2028-yilda mamontlarni qayta dunyoga keltirishmoqchi. Mamontchaning tug‘ilishi uchun...
KunTun
KunTun