Hayvonlarga mehr beramiz

Date:

Ko‘z o‘ngimda yo‘ldan o‘tayotgan itni mashina urib yubordi. Mashina sekinlashmadi, tormoz ham bermadi, hatto bir necha chaqirim nariga uchib tushgan itni haydovchi borib ko‘rish uyoqda tursin, e’tiborsizlarcha yo‘lida davom etdi…

Bunday holatlarda har bir inson hayvonlarga bo‘lgan munosabatini ko‘rsatib qo‘yadi. Ijtimoiy tarmoqlarda ham qiynoqqa solinayotgan hayvonlar tasviri tushirilgan video lavhalarga tez-tez ko‘zimiz tushadi. “Like” yig‘ish uchun amalga oshirilgan harakatlar negizida qanchadan-qancha hayvonlar aziyat chekadi, nobut bo‘ladi. Atrof-muhitni, ekologiyani, yashillikni asraganimiz kabi hayvonlarni ham asrab-avaylamoq burchimiz aslida.

Aks holda xavf signalini chalib, tabiatni asrash, uni saqlab qolish, “Qizil kitob”ga kiritilgan jonzotlar naslini ko‘paytirish, hayvonlarni tabiatga taʼsir ko‘rsatishi va yoshlarni tabiatni asrashga chorlash borasida targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini uyushtirmagan bo‘lardik. Haqiqatan ham ahvol jiddiy. Buni anglagan TerDU Tabiiy fanlar fakultetining bir guruh jonkuyar o‘qituvchi-professorlari-yu talabalari “Yoshlar o‘rtasida – hayvonlar shafqatsizligini oldini olish va hayvonlarga mehr beramiz” nomli tadbir tashkil etdi.

So‘z olganlar tabiatni asrash, hayvonlarga mehr ko‘rsatish, g‘amxo‘rlik qilish haqida to‘xtaldilar. Tabiat qo‘ynida boshlangan targ‘ibot barchani atrof-muhit bilan yaqinlashtirdi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlarga munosib tuhfa

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Uzun tumanida yana bir quvonchli...

43-maktabning qo‘shimcha binosi bor

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida bunyodkorlik ishlari izchil...

Yana bir maktab yangilandi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Oltinsoy tumanida yosh avlod uchun...

“Fonus” e’tirofga sazovor

Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbek kinosining xalqaro maydondagi navbatdagi yutug‘i...
KunTun
KunTun