“Yashil yillik” ko‘chatlar zaxirasi qanchalik yetarli?

Date:

Daraxtlar — sog‘ligimizning himoyachisidir. Ular bizni yemish, uy, issiqlik va qurilish materiallari bilan bir qatorda eng asosiysi, kislorod bilan ta’minlaydi. Toza havo yutib, tanimizni, sog‘ligimizni asraymiz. Uzoq umr ko‘rish siri ham asli ayni shu toza havodan bahramand bo‘lishda. Yurtimizda an’ana tarzini olgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ezgu amallar negizida ham ayni ma’no mujassam.

Kuz faslining eshik qoqishi kuzgi ko‘chat ekish mavsumi boshlanganidan darak beradi. Demak, ishga va o‘z oldimizga qo‘yilgan vazifaga sidqidildan va mas’uliyat ila yondashmoq zarur. Joylarda ekilgan ko‘chatlarning qurib qolgani, ob-havo, iqlim sharoit inobatga olinmagani-yu, qarovsiz qolgani biz uchun saboq bo‘lishi kerak. Maqsad bitta — har bir ko‘chat va qalamcha yerga qadaldimi, albatta, tutib ketishi, gurkirab yashnashi kerak. Tiriklikka bo‘lgan munosabatimiz “ko‘chat ekdik, bo‘ldi”, degan tushuncha bilan to‘xtamasligi kerak. Ularning keyingi taqdiri bilan qiziqmoq, qayg‘urmoq zarur.

Mavsum boshida turib, iqlim sharoitimizga mos, suvsizlikka chidamli, qolaversa, ekadigan yer maydonidan kelib chiqib ko‘chatlarni tanlash o‘rinlidir. Shu maqsadda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi ko‘chat ekish mavsumida ekiladigan ko‘chatlarning haqqoniy hisobini yuritish va parvarishlash yuzasidan korxona va tashkilotlarga iqlim sharoitga mos bo‘lgan daraxt va buta ko‘chati va qalamchalarini ekishni belgilab berish hamda ko‘chat ekishga mos bo‘lgan aniq yer maydonlarni tegishli tashkilot mutaxassislari ishtirokida o‘rganib chiqilib, shahar va tumanlar hududlarida ko‘chatlarning ekilishi bo‘yicha manzilli dastur ishlab chiqildi.

Umummilliy loyihasida daraxt va buta urug‘lari tayyorlanib, suv ko‘p talab etmaydigan ko‘chat turlarini ko‘paytirish bo‘yicha niholxona va ko‘chatxonalar tashkil qilinmoqda. Aytish kerakki, hozirgi kunda viloyat hududidagi ko‘chatxonalarda 41 million dona ko‘chat parvarishlanmoqda.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Alplar kurashdi

Termiz shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza...

Yashash uchun…

Albatta, yashash uchun sabablarimiz koʻp. Faqat oʻz oldimizga aniq...

Onlayn muloqot o‘tkazildi

Yoshlar ish izlab yoki oʻqish maqsadida xorijga ketishga qaror...

Afv etilganlar oilasi bag‘rida

Inson xato qilsa, buni tushunib yetishi uchun vaqt kerak...
KunTun
KunTun