Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!

Date:

O‘zbek xalqi azaldan insonparvarligi, saxovatpeshaligi bilan o‘rnak va namuna. Ayniqsa, muhim kunlarda, bayram sanalarida ana shunday tuyg‘ular aks etgan ibratli ishlarni amalga oshirib, ko‘ngil uylarini obod etishni xush ko‘ramiz.

Mustaqilligimizning 31 yillik shodiyonalari oldidan Sherobod tumanida ehtiyojmand oilalarning 12 nafar farzandiga sunnat to‘yi o‘tkazib berilgani ham xalqimizning bag‘rikenglik, saxiylik kabi fazilatlarini va albatta, “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” degan ustuvor g‘oyani o‘zida mujassam eta oldi.

To‘y bolalar erta tongdan imom Abu Iso Muhammad at-Termiziy ziyoratgohida bo‘lishib, shundan so‘ng tumandagi “Baxtbek” to‘yxonasiga yo‘l olishdi. Ular katta tantanalar bilan kutib olindi.

To‘yda so‘zga chiqqan borki, to‘y bolalarni tabriklab, eng yaxshi tilaklarni bildirishdi. Mutasaddilar tomonidan bolajonlarga va ularning ota-onalariga sovg‘a-salomlar ulashildi. Bayramona bezatilgan dasturxon atrofida jam bo‘lganlar shodon kuy-qo‘shiqlarga raqsga tushib, mazmunli xordiq chiqardilar.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun