Mohir pazandalar aniqlandi

Date:

Kelinni kelganda ko‘r, sepini yoyganda ko‘r, deyishadi. Ammo, kelinlarimiz mehnati, sarishtaligi-yu pazandaligi bilan go‘zal. Bugun o‘zbek qizi o‘qishda-yu ishda, uy yumushlarida ham birdek ilg‘or. Tuxum qovurishni-da, eplay olmaydigan tannoz qizlar faqat filmlarda bor. Sherobod tumanida joylashgan harbiy qismda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilarning oila a’zolari o‘rtasida “Eng mohir pazanda” musobaqasi fikrlarimiz nechog‘lik to‘g‘ri ekanini isbotlab berdi.

Ishtirokchilar uy tutumida, farzand tarbiyasida o‘z yondashuv va qarashlarini ko‘rsatib berishdi. Ayniqsa, chuchvara tugish sharti qiziqarli bo‘ldi. O‘zbek milliy taomlari opa-singilarimiz tomonidan mohirona tayyorlandi. Taomga avvalo mehr berish lozimligi ilgari surilgan shartda ishtirokchilar bor mahoratlarini ishga soldilar. Xamir qorish, yoyishda naqadar mohir va sarishta ekanini ko‘rsatishdi. Ular tomonidan tayyorlangan taomlar hakamlar hay’atiga manzur bo‘ldi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan munosib taqdirlandi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ogohlik, bilim va mas’uliyat — eng muhim himoya

Bugungi kunda axborot texnologiyalari inson hayotining barcha sohalariga chuqur...

Sukut — daxlsizlik kafolati

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda inson huquqlariga oid normalarning bir necha...

Xalq manfaati dadillikka chorlaydi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hayotimizning...

Taraqqiyotning ma’naviy tayanchi

Diniy bag‘rikenglik – bu shunchaki turli din vakillarining yonma-yon...
KunTun
KunTun