Eng faol tadbirkorlar taqdirlandi

Date:

Viloyatning iqtisodiy rivojida, albatta, tadbirkorlarning ham munosib ulushi bor. O‘z navbatida soha vakillarining tashabbusi bilan yangidan-yangi faoliyat turlari yo‘lga qo‘yilib, ish o‘rni yaratilayotgan bo‘lsa, asosiysi bozorni ehtiyoj va talabga ko‘ra kerakli mahsulot bilan ham ta’minlab kelyapti.

Tajribali, uzoq yillar davomida mehnati ortidan o‘zi va o‘zgalarga, davlatga naf keltirib kelayotgan ishbilarmonlarning xizmati tahsinga sazovor. Tadbirkorlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan marosimda esa bir guruh soha vakillariga “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni topshirildi.
Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov tadbirkorlarga ko‘krak nishonini ko‘ksiga qadab qo‘yar ekan, ularning keyingi ishlarida muvaffaqiyat va omad tiladi.

Inson mehnati ortidan sharaflansa, rahmat eshitsa, bundan ortiq xursandchilik bo‘lmasa kerak. Asosiysi, e’tibor va e’tirof jamiyat hayoti uchun daxldorlik hissini oshiradi, yanada shasht va ishonch bilan oldinga intilishga kuch beradi. Marosim sababchilarining har birining ko‘zlarida ana shunday kuch yog‘du taratayotgandek edi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun