“Amudaryo”da “Yosh qutqaruvchi”lar bellashdi

Date:

“Amudaryo” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi ta’tilni ko‘ngildagidek o‘tkazishni istagan o‘g‘il-qizlar bilan gavjum. Albatta, har kuni qiziqarli mashg‘ulotlar, do‘stlar davrasi bilan maroqli o‘tayotir.
Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Termiz shahar bo‘limi hamda Termiz harbiy prokuraturasi xodimlari hamkorligida oromgohda “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining tashkil etilgani yoshlarni ruhlantirib yubordi.

Dam oluvchi yoshlar orasidan tuzilgan “Lochinlar”, “Mayorlar” va “Qalqon” jamoalari qiziqarli shartlarda o‘zlarini sinab ko‘rdilar. Viktorina savol-javoblarida bilimlar sinalgan bo‘lsa, keyingi shartda cho‘milish havzasida cho‘kayotgan inson qutqarildi hamda birinchi yordam ko‘rsatildi.

Zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda jamoalarning amaliy harakatlari bo‘yicha “improvizatsiya” mashg‘uloti, zilzila, sel va suv toshqini hamda yong‘in bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni tasvirlash bo‘yicha tasviriy san’at yo‘nalishlari eng qiziqarli shartlar bo‘ldi. Ishtirokchilar xavf-xatarni his etib, tezkorlik bilan harakat qildilar. Birdamlik, hamjihatlik g‘oliblik sari yetakladi.

Musobaqada jamoalarning ishtiroki hakamlar hay’ati tomonidan xolisona va shaffof tarzda baholanib borildi. 1-o‘rnini “Qalqon”, 2-o‘rnini “Mayorlar” hamda 3-o‘rnini “Lochinlar” jamoasi egalladi. G‘olib jamoa a’zolariga musobaqa tashkilotchilari tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
O‘zgacha his-hayajon va sarguzashtlarga boy o‘tgan musobaqa ishtirokchilarning xotirasidan uzoq vaqtgacha o‘chmasa kerak.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Himoyalangan bolalik

Bolaning xavfsizligi, şa’ni va qadr-qimmatini himoya qiliş jamiyatning insonparvarlik...

Kitobga mehr, mutolaaga ragʻbat

Kitobga mehr bolalikdan şakllanadi. Yoşlarning mutolaaga qiziqişini oşiriş, ularni...

Işonç deklaratsiyadan boşlanmaydi

Bank faoliyatida korrupsiyaviy xavflar, avvalo, moliyaviy qarorlar, xaridlar va...

Millat emas, fazilat mezon

Insonlarni millati, tili yoki kelib çiqişiga qarab ajratiş emas,...
KunTun
KunTun