Bu yilgi hosildan ko‘ngil to‘q

Date:

Paxta yetishtirishda dehqon-u fermerlarimizning boy tajribasi bor. Shu sababdan ham har qanday shart-sharoitda, ob-havoning injiqliklariga qaramay paxta hosilini saqlab qolishga erishilmoqda. Qiziriq tumanidagi “Surxon Cotton Textile Cluster” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 7 684 gektar yer maydoniga “Buxoro-8”, “Buxoro-10” va “SP-1607” serhosil paxta navlari qadalgan. Bepoyon dalaning yashillikka burkanib, go‘zalarning shoda-shoda gullab turgani hosil mo‘l bo‘lishidan darak berayotgandek. Bunda, albatta, sug‘orish to‘g‘ri tashkil etilganini sabab qilib ko‘rsatish mumkin. Qolaversa, klaster tomonidan 162 gektar maydonda tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy etilgan.

Organik paxtaga jahon bozorida talab yuqori ekanini inobatga olgan mirikshorlar, parvarish qilinayotgan g‘o‘zaning 1 845 gektarini organik o‘g‘itlar bilan oziqlantirishayotir.
Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov soha mutaxassislari bilan birgalikda tumandagi qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Va o‘rganishda ayni jihatlarga e’tibor qaratdi. Dalalarda g‘o‘za chekankasi, o‘g‘itlash, maydonlarni begona o‘tlardan tozalash tadbirlari ko‘zdan kechirildi. Hosilni saqlab qolish muhim. Shu sababdan ham ob-havoning issiq kelishi va boshqa holatlar yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sovuq kunlarda xavfsizlik — hayot garovi

Termiz tumanida sovuq kunlarda tabiiy va suyultirilgan gaz hamda...

“Ostona-1” nasos stansiyasi modernizatsiya qilindi

Uzun tumanidagi «Ostona-1» nasos stansiyasida qiymati 2 million 18...

Kasaba uyushmalari: sharafli tarix, zalvorli mas’uliyat

Mehnat qilayotgan insonning huquqlari himoyalangan, salomatligi va manfaatlariga e’tibor...

Axborot barqarorligi: yechimlar mahalliy tajribadan boshlanadi

Surxondaryoda dezinformatsiyaga qarshi kurashish, axborot savodxonligini oshirish va jamiyat...
KunTun
KunTun