Onalar va bolalar sog‘lomlashtirish markazi ochildi

Date:

Farzandini biror sport turiga bergan onalar mashg‘ulot tugagunga qadar kutib qoladi. Yoki aksi… ayol sport mashg‘ulotlariga qatnasa farzandini qayerda qoldirish borasida bosh qotirib, reja tuzishga qiynaladi. Termiz shahridagi A.Avloniy mahallasi hokim yordamchisi bu muammoga manfaatli yechim topish haqida o‘yladi va topa oldi ham. Fuqaro Xusniddin Abdullayev esa imtiyozli kredit evaziga ushbu rejani amalga oshirdi. Qisqa muddat ichida mahallada barcha zamonaviy sharoitlarga ega sog‘lomlashtirish markazi ochilib, faoliyat boshladi.

Bu esa sport bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan ayollarga qo‘l keldi. Ushbu markazda onalar ham, farzandlar ham bemalol sport bilan mashg‘ul bo‘lishlari, tanlarini chiniqtirishlari mumkin.
Ochilish marosimi qatnashni ko‘ngliga tukkan ayollar va yoshlarning xursandchiligiga sabab bo‘ldi. Markaz shinam va barcha qulayliklarga ega. Sport anjomlari, to‘g‘ri yo‘nalish berib turadigan mutaxassislar kerakli yordam va natijaga erishishga ko‘mak beradi.

— Maqsadim mahallamizdagi, umuman sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishni istagan ayollar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari, sport bilan shug‘ullanishni ommalashtirishlari uchun ham ushbu markazni tashkil etdik, — deydi tadbirkor X.Abdullayev. — Buning uchun esa munosib sharoit yaratilgan.

S. Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun