Hokim yordamchisi ko‘magi bilan…

Date:

Mehnatning katta-kichigi bo‘lmaydi. Asosiysi kishining o‘zi va o‘zgalarga naf keltirsa, og‘irini yengil, mushkulini oson qilsa bo‘lgani. Angor tumanining “Navbahor” mahallasida yashovchi Shahlo Qurboniyozova 15 yildirki, pishiriqlar pishirib, uzoq-yaqin, tanish-bilishlarning yaxshi kunlarida dasturxoniga tortiq qilib keladi. Mehnatlari ortidan kam bo‘lmadi, ro‘zg‘orini tebratib, bir-ikki so‘mlik ham bo‘ldi. Ayolning pazandaligi uni elga tanitdi. U pishirgan somcha-yu chuchvaralarni yegan borki, Shahlo opani izlab kelib, buyurtma qiladi.

Shahlo Qurboniyozova tadbirkorlik ishini yanada kengaytirishni istaydi. Ammo, biroz imkoni yetmagani sabab hokim yordamchisiga maslahat soldi. Ishlayman deganga bugun yetarlicha imkon shart-sharoit yaratishni maqsad qilgan hokim yordamchisi murojaatni ijobiy hal etdi. Qarabsizki, tezda kredit mablag‘i ham ajratila qoldi.

Ishbilarmon ayol ajratilgan kredit mablagʻi evaziga qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun kerak boʻladigan asbob-uskunalarni xarid qilib, buyurtma asosida qandolat mahsulotlari ishlab chiqarayotir. Natijada ishsiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarning bir nechtasi ishli bo‘ldi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun