“Navro‘z”da sartaroshxona ochildi

Date:

Qo‘lida hunari bor odamning maqsadi-yu rejasi undan foydalanish, el-u xalqqa naf keltirish bo‘ladi. Ish boshlash uchun esa kerakli motivatsiya va qo‘llab-quvvatlovni bersangiz, ishlar “besh” deyavering.
Qiziriqlik Abdurashid Xudoyberdiyev ham qo‘lida guldek hunari bo‘la turib, ishsizlar safini kengaytirishni istamadi. O‘zi yashaydigan “Navro‘z” mahallasi hokim yordamchisi Shuhrat Pardayev bilan maslahatlashib, kerakli yo‘l-yo‘riqlarni oldi-yu, ishni boshlab yubordi. Qisqa muddatda berilgan 30 million so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘i mahalla markazida zamonaviy sartaroshxona ochishga, kerakli anjomlarni olishga yetdi.
Sartaroshxona ish boshlashi bilan mahallaning yosh-u keksasi eshik qoqib kela boshladi. Mehnat bilan topilgan pulning qadri boshqacha bo‘ladi. Abdurashid qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib kelgan mijozlarning ko‘nglini xushnud qilib jo‘natar ekan, mehnatidan rozi. Ishidan zavq olib ishlayotir.
Mahalla ahliga ham yaxshi, ham qulay bo‘ldi, sababi endi ular sartaroshxona izlab tuman markaziga vaqt va naqd sarflab borishmaydi.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun