Do‘stlik g‘alaba qozondi

Date:

Sport tanimizni sog‘lom va tetik bo‘lishida yordam beradi, chiniqtiradi. Termiz tumanida joylashgan chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy bo‘limlarning birida “Sport sog‘lik garovi” shiori ostida o‘tkazilgan musobaqada ishtirok etgan borki, o‘tgan vaqtidan achinmadi. Ishtirokchi jamoalar sport turlari bo‘yicha bellashib, o‘zlarining jismoniy imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Futbol maydonchasida tashkil etilgan futbol musobaqasida jamoalar bir-birlariga qarshi to‘p surishar ekan, raqib jamoalarining darvozasiga gol urish uchun sidqidildan harakat qildilar. Darvozabonlar va himoyachilarning harakatlari tahsinga sazovoz bo‘ldi.
Voleybol va basketbol o‘yinlari ham qiziqarli va murosalarga boy bo‘ldi. Tomoshaga kelganlar zavqlanib, jamoalarni qo‘llab-quvvatlab turishdi.
Qurolni qismlarga bo‘lib ajratish va yig‘ish sharti esa eng qiziqarli jarayon bo‘ldi. Buning uchun maxsus bilim va ko‘nikma yordam berishi shubhasiz. Ishtirokchilarning belgilangan vaqtda shartni bajarishida aniqlik, tezkorlikka amal qilishlari talab etildi.

Bir so‘z bilan aytganda musobaqa qiziqarli o‘tdi. Do‘stlik g‘alaba qozondi va ishtirokchilar tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Mana shunday musobaqalarning tashkil etilishi vaqtimizni mazmunli tashkil etish bilan birga tanimizni chiniqtirishi, sport turlariga qiziqish uyg‘otishi aniq. Sog‘lom turmush tarzi va sport mashg‘ulotlari doimiy hamrohimiz bo‘lsa, mag‘lubiyat va dangasalik, illatlar chekinadi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun