“Kredit olib, o‘z vaqtida qaytarmaslik haqiqiy muammodir”

Date:

Kredit olish muammosi haqida murojaatlar, e’tirozlar quloqqa chalinadi. To‘g‘ri, bizga o‘sha kredit mablag‘i kerakdir. Ammo, shunday fuqarolar borki, kerakli kreditni olgach, boshqa maqsadda, ya’ni shaxsiy manfaati yo‘lida ishlatsa, foydaliroqdek tuyiladi. Bu daromad olmaslikka sabab bo‘ladi, ammo kredit foizi va asosiy qarzdorlik to‘lovlari esa kutib turmaydi. Oyma-oy ko‘payib, muammoli kreditga aylanadi.

Xolbuki, buning uchun bank xodimlarining sarson-sargardonligi boshqa bir mavzu. Albatta, kredit olish yaxshi, bu muammo ham emas. Lekin, kredit olib, o‘z vaqtida qaytarmaslik haqiqiy muammodir.
Sho‘rchi tumanida tashkil etilgan ochiq muloqotda tadbirkorlar bilan ochiqchasiga suhbat olib borgan viloyat prokurori o‘rinbosari X.Kulliyev ayni muammoli kreditlar borasida to‘xtaldi.

Davlat va bank ishonch bildirib bergan mablag‘ni muddatida qaytara bilish ham tadbirkor uchun muhim. Buni ana shunday mablag‘ evaziga o‘z ishini yo‘lga qo‘yib, daromad ko‘rgan ishbilarmonlar yaxshi tushunadi. Ishonch oqlansa, ishni kengaytirish uchun yana davlat tashkilotlari qo‘llab-quvvatlashini unutmaslik lozim.
— Vaqtida katta va’dalar berib bank bilan shartnoma tuzib, bugungi kunda va’dasini bajarmayotganlar ham yo‘q emas, — deydi muloqot davomida X.Kulliyev. – Bu ko‘nglini xira qiladi, albatta. Ayni vaqtda 43 ta tadbirkorlik subyektining 24.5 milliard so‘mlik muammoli kreditlari mavjud. Bu davlatga ana shuncha mablag‘ zarar degani.
O‘z vaqtida qaytarilmagan kreditlar bo‘yicha qat’iy qonuniy choralar ko‘rish muammoning so‘ngi yechimidir. Ochiq muloqot davomida ayni shu masala bo‘yicha tegishli tashkilotlarga vazifalar berildi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yosh olimlar qoʻllab-quvvatlovda

Prezident farmoniga ko‘ra, ilmiy daraja olish tizimi yanada soddalashtiriladi...

“Afrosiyob”da xavfsiz muhit yaratildi

Sariosiyo tumanidagi "Afrosiyob" mahallasida yangi zamonaviy mahalla binosi foydalanishga...

Xalqaro hamkorlik yangi bosqichda

Termiz shahri va Belarusning Polosk shahri o‘rtasida hamkorlikni yanada...

Bandixonda erkin iqtisodiy zona barpo etiladi

Bandixon tumanida barpo etilayotgan “Termiz” erkin iqtisodiy zonasining filiali...
KunTun
KunTun