Mutolaaga boshlagan festival

Date:

Ta’til foydali yumushlar va mashg‘ulotlar bilan o‘tsa, yanada yaxshi. Surxonadryo viloyat Bolalar kutubxonasi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Termiz shahar bo‘limi ta’tilda yoshlarning vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida ezgu tashabbuslarni boshlab yuborishdi.

Kitob mutolaasi zarurat. Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish esa kelajakka qo‘yilgan shahdam qadam kabidir. Termiz shahridagi “Amudaryo bolalar sog‘lomlashtirish” oromgohida tashkil etilgan “Kitob oqshomi” festivalidan ko‘zlangan maqsad o‘zini oqladi.

Festivalda kitobxonlar jam bo‘ldi. Taassurotlar va bilimlar birlashdi. Kitobxon tengdoshlarining zukkoligi, bilimdonligi va dunyoqarashi keng ekanini kuzatayotganlar ham qo‘llariga kitob tutib, mutolaani ko‘ngliga tugishdi.

Ajoyib bayram dasturi, ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar hamda sahna ko‘rinishlari barchaga manzur bo‘ldi.
Festival doirasida turli sovrinli o‘yinlarda faol ishtirok etib, g‘olib bo‘lgan o‘g‘il-qizlar faxriy yorliq va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.


S.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun