Markaz — oilaviy hayotga tayyorlaydi

Date:

Katta hayot ostonasida turgan yigit-qizlar oila qurishga nechog‘lik tayyor? Kattaga hurmat, kichikka izzatda bo‘lishni, muammolarni bosiqlik bilan to‘g‘ri qabul qila olishni biladimi? Ro‘zg‘or, bola tarbiyasi, kelinlik xizmati-yu, burchlarini ado eta oladimi? Bu savollar bugun ko‘pchilikni o‘ylantiradi. Ajrimlar, oilaviy nizolarning bosh sababi ham yoshlarning oilaviy hayotga tayyor emasliklarida aslida. Masalaga munosib yechim topish maqsadida Sherobod tumanida “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Markazning ochilish marosimida tuman hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘lim boshlig‘i A.Boymurodova, tuman Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi boshlig‘i T.Choriyeva, tuman Ichki ishlar bo‘limi jamoat xavfsizligi xizmati xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, leytenant S.Xudoyqulova, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tuman Kengashi ijrochi kotibi R.Xolmirzayeva, otinoyi onaxonlar, targ‘ibot guruhi a’zolari, mahalla faollari “Boyqishloq”, va yosh kelin-kuyovlar ishtirok etdi.

Otinoyilarning maslahatlari, qimmatli fikrlari oila atalmish qo‘rg‘onni asrashga qaratilgani bilan e’tiborli bo‘ldi. Ushbu markaz ish boshlashi bilan oila qurish arafasida turgan yigit-qizlar oilaviy hayotga tayyorlanadi. Sharqona bilimlar, maslahat va tavsiyalar beriladi. Tibbiy bilimlar, psixologik treninglar, albatta, yoshlarning kelgusi hayotlarida to‘g‘ri qaror qabul qilishlarida dasturil amal bo‘lib xizmat qiladi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Haftalikka start berildi

Katta hayot ostonasida turgan yoshlar oliy ma’lumot diplomiga ega...

Kerakli yordam ko‘rsatildi

Og‘ir xastaligi tufayli sho‘rchilik Sayram Qurbanova mahalladagi ijtimoiy xodim...

Javobgarlik bor…

Ekologik xavfsizlikni ta’minlash va tabiiy resurslarni muhofaza qilish har...

Tartib tasdiqlandi

Hukumatning 07.07.2025-yilgi qarori bilan harbiy xizmatga tanlab olish tartibi tasdiqlandi. Nizom chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari...
KunTun
KunTun