II milliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

Date:

xborot xizmati faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi davlat organlari va tashkilotlar faoliyatining ochiqligini ta’minlashda eng to‘g‘ri qadam va qaror deyish mumkin. Qolaversa, tizimda bo‘layotgan yangiliklar, o‘zgarishlar deymizmi, tashkilotga qilinadigan tanqidiy, no‘tog‘ri ma’lumotlar tarqaladimi, qisqa muddatlarda matbuot kotiblarining munosabat bildirishi ko‘plab tushunmovchiliklarning oldini oladi va ayni ular tashkilot imijini saqlashda o‘ziga xos kuch vazifasini o‘taydi.

27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan poytaxtdagi “City Palace Hotel Tashkent” mehmonxonasida “Axborot xizmatlari faoliyati: ochiqlik, tezkorlik va xolislik bosh mezon” mavzusidagi II milliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari — Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayev va boshqa mutasaddilar ishtirok etdi.
Konferensiyada so‘zga chiqqanlar sohada hozirga qadar amalga oshirilgan ishlar, kelgusi rejalar, bugungi kunda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan dolzarb masalalar bo‘yicha to‘xtaldilar. Albatta, axborot xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirishda mas’ul vakil o‘zi ishlayotgan tashkilotning ochiqligini ta’minlash va islohotlar natijasini aholiga yetkazishdagi rolini kuchaytirishi zarurligi ta’kidlandi.

Anjumanda matbuot kotiblari sohaga va vazifasiga doir fikr-mulohazalarini, takliflarini bildirdi. Shuningdek, tadbir davomida ijobiy tajribalar namuna sifatida e’tirof etildi. Ularning boy tajribasini o‘rganish, ommalashtirish kelishib olindi. Shu bilan birga kamchiliklar ham ochiq-oydin aytilib, ularni bartaraf etish yo‘llari izlandi.

Agentlik tashabbusi bilan davlat organlarining mansabdor shaxslari va xizmatchilari uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar qo‘llanmasining taqdimoti o‘tkazildi va barcha qatnashchilarga tarqatildi. Faollar, o‘tgan va joriy yildagi yuqori samarali faoliyati uchun bir guruh matbuot kotiblariga Prezident matbuot xizmati va AOKA tomonidan tashakkurnoma topshirildi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Migrantlar mahalladoshiga skuter sovg‘a qilishdi…

Azal-azaldan yurtimizda mahalla-ko‘y orasida qo‘ni-qo‘shni, qarindosh-urug‘ orasida mehr-oqibat, sahiylik,...

“Bobotog‘ yoshlari festivali” o‘tkazildi

Yoshlarning har daqiqasi foydali va munosib o‘tishi kerak. Oltinga...

Kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylandi

Kambag‘allik ishsizlik, bekorchilikdan, birinchi qadamni tashlashga cho‘chishdan kelib chiqadi....

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlasak…

Bugun negadir ajrimlar, oilaviy nizolar haqida bot-bot to‘xtalamiz. Muammoning...
KunTun
KunTun