57 oltin va 10 kumush medal egalariga topshirildi

Date:

11 yil mobaynida maktab ostonasiga ilm olish va shu olgan saboqlari katta hayotda bir umrga as qotishini maqsad qilib, qo‘lida sumka ko‘targancha qatnaydigan o‘quvchi yoshlar ta’lim maskanini tark etar chog‘ida tuman hokimi bilan yuzma-yuz suhbatga tutinishini hayolining bir chekkasidan ham o‘tkazmagan bo‘lsa kerak. Biroq bugungi kunda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan siyosat bituruvchilarga yangi va yangi imkoniyat eshiklarini ochmoqda. Turli darajadagi rahbarlar aynan bitiruvchi yoshlar bilan uchrashib, ularning maqsad va g‘oyalari, kelgusi taqdiri bilan qiziqiyotgani gapimiz isbotidir.

Shuningdek, maktabni tamomlayotgan o‘quvchilar uchun yaratilayotgan imkoniyat bilan bir qatorda ko‘plab imtiyozlar ham yoshlarga esh. Birgina misol, ta’lim maskanini o‘zining yaxshi xulqi va a’lo baholari bilan tark etayotgan, ezgulikni dilga tukkan yoshlarning aksariyati maktabni tamomlay turib, “oltin” va “kumush” medallar bilan ota-onasi bag‘riga qaytayotganidir.

Sariosiyolik bir guruh yoshlar ham mana shundayin sharaf bilan bugun tuman hokimi tomonidan e’tirof etildi.

Tuman hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi Abdisalom Xujaqulov hamda sektor rahbarlari ishtirokida “Hokim va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Bu esa tumandagi 87 ta maktabning 2 114 nafar yigit-qizlari umumta’lim maktablarini tugallagan, katta hayot ostanasida turgan, hayot yo‘lining mustaqil va shu bilan birga, mas’uliyatli damlariga qadam qo‘yayotgan bitiruvchi yoshlar uchun  yana bir quvonchli tadbir voqea bo‘ldi.

Tadbirda 2021-2022 o‘quv yilini a’lo baholarga tamomlagan 57 nafar bitiruvchilarga “Oltin medal” va 10 nafar bitiruvchilarga “Kumush medal”lar tantanali tarzda topshirildi.

Shuningdek, tuman hokimi nomidan maktabni a’lo baholarga tamomlagan va o‘zining namunali xulq-odobi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgan bir guruh bitiruvchi yoshlarning ota-onalar ham tabriklandi.

Tadbir yakunida, tumandagi maktablar 3 ta nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib deb topilib, maktab direktorlari tuman hokimi tomonidan diplomlar taqdim etildi.

Haqgo‘y

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sotsiologiya — zamonaviy jamiyatni anglash kaliti

Bugungi kunda jamiyat misli ko‘rilmagan tezlikda o‘zgarib bormoqda. Raqamli...

Sport festivali g‘oliblari aniqlandi

Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari o‘rtasida...

Imkoniyat emas, iroda g‘alaba qozondi

Nogironligi bo‘lgan yoshlar o‘zlarining qat’iyati, matonati va tinimsiz mehnati...

Hosildorlik oshiriladi

Qishloq xo‘jaligida yuqori hosildorlikka erishish, ilg‘or agrotexnik usullarni ommalashtirish...
KunTun
KunTun