Sherobodning “Fidokor yoshlari” aniq bo‘ldi

Date:

Davlatimiz rahbari kuni kecha sportni rivojlantirish borasida videoselektor yig‘ilishlarida “ko‘plab sport musobaqalari va tanlovlarning, mahalla, tuman bosqichi o‘tkazilmasdan qolmoqda” deya bot-bot takrorlagandi kuyunchaklik bilan.

To‘g‘rida, biror tanlov yoki sport musobaqasi o‘tkazilishi, avvalo, mahalladan, tumandan eng iqtidorli va ishtiyoqmand yoshlarni tanlab olishdan boshlanishi kerak. Ana shundagina, chekka-chekkka hududlarda ham yashirinib yotgan iqitidor va iste’dod egalari kashf etiladi. Ular uchun ham ulkan marralarga yo‘l ochiladi.

Buni to‘g‘ri anglagan sherobodliklar musobaqalarning tuman bosqichlariga start berdi.

Fuqarolarning osoyishtaligi va xavfsizligini taʼminlash hamda jamoat tartibini saqlashda ichki ishlar organlariga koʻmaklashayotgan yoshlar oʻrtasida oʻtkazilayotgan “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhi aʼzosi koʻrik-tanlovining Sherobod tumani bosqichi boʻlib oʻtdi.

Tuman IIB hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tanlovda tumanimizdagi mahallalarning “Qalqon” jamoalari sardorlari ishtirok etishdi. Turnikka tortilish, 3 km hamda 100 metr masofaga yugurish shartlaridan iborat boʻlgan tanlov qizgʻin tarzda kechdi. Gʻolib va sovrindorlar esa tuman IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari Oʻ.Shukurov tomonidan taqdirlandi. Natijalarga koʻra, “Oltin voha”, “Mehrobod” hamda “Qulluqsho” mahallalari tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etishadi.

Fuqarolarning osoyishtaligi va xavfsizligini taʼminlash hamda jamoat tartibini saqlashda ichki ishlar organlariga koʻmaklashayotgan yoshlar oʻrtasida oʻtkazilayotgan “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhi aʼzosi koʻrik-tanlovining bugun, 2-iyun kuni Sherobod tumani bosqichi boʻlib oʻtdi.

Tuman IIB hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tanlovda tumanimizdagi mahallalarning “Qalqon” jamoalari sardorlari ishtirok etishdi. Turnikka tortilish, 3 km hamda 100 metr masofaga yugurish shartlaridan iborat boʻlgan tanlov qizgʻin tarzda kechdi. Gʻolib va sovrindorlar esa tuman IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari Oʻ.Shukurov tomonidan taqdirlandi. Natijalarga koʻra, “Oltin voha”, “Mehrobod” hamda “Qulluqsho” mahallalari tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etishadi.

Haqgo‘y

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun