Jinoyatga jazo muqarrar. Negadir buni bilaturib, jinoyatga qo‘l uradiganlar, maqsadga egri yo‘llar bilan yetib olishni kasb qiladiganlar ham uchraydi. Belgilangan jazo, mahkumlik aybdorning yetarli xulosa chiqarishiga, o‘zi va vijdonini taftish qilib, tuzalish yo‘liga o‘tishida saboq bo‘lsa nur ustiga nur. Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudi tomonidan o‘tkazilgan sayyor sudda Probatsiya guruhida hisobda turib, ana shunday o‘zini tushinib yetib, mehnatga halol munosabatda bo‘lgan, tuzalish yo‘liga o‘tgan hamda o‘rnatilgan tartib-qoidalarga qat’iy rioya qilgan bir guruh mahkumlarning shartli ozod qilish yuzasidan kiritilgan taqdimnomalari ko‘rib chiqildi.
Sud mahkumlarning Sud, ish hujjatlarini atroflicha o‘rganib chiqib, insonparvarlik tamoyiliga tayanib, o‘zlariga tegishli xulosa chiqargan 13 nafar mahkum axloq tuzatish ishlari jazosidan, 2 nafar mahkum ozodlikni cheklash jazosidan, 12 nafar mahkum qo‘shimcha jazo tariqasida tayinlangan muayyan huquqdan mahrum qilish jazosidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 73-moddasiga asosan o‘talmay qolgan jazo muddatidan ilgari shartli ozod qilindi.
Shuningdek, sayyor sud majlisida ishni ko‘rgan sudyalar tomonidan mahkumlarga ularning huquq va majburiyatlari, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilinib, jazoning o‘talmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 60-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlashi oqibatlari haqida tushuntirishlar berildi.
H.Baxtiyorova