IIB xodimlari MTTda tadbir tashkil qildi

Date:

Bola uchun o‘qish va o‘rganish zerikarli tuyilishi aniq. Chunki hammamiz ham bola bo‘lganmiz. Nimanidir o‘rgatishni maqsad qilgan borki, avvalo boladek o‘ylashi, boladek yo‘l tutishi lozim. Shundagina har qanday yumush va mashg‘ulot qiziqarli tus oladi. O‘rganish, bilish esa muhim. Ayni shu jihatni inobatga olgan IIB Jamoat xavfsizligi xizmati xodimlari bolajonlarga yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatishga bel bog‘ladilar. Shu maqsadda shahardagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lishib, yo‘lda harakatlanish, yo‘l belgilari haqida zerikarli ma’lumotlarni aytish o‘rniga muassasada svetofor o‘rnatilib, yo‘l belgilari va chiziqlari tortildi.

Bolajonlar yo‘lovchi sifatida harakatlanib, har bir qoidalar, bilish lozim bo‘lgan belgilar mutaxassis tomonidan tushuntirildi. Mashg‘ulot qiziqarli va tushunarli bo‘ldi.
Maktabgacha bo‘lgan yoshda olingan bilim va tushunchalar inson hayoti davomida malaka olishga zamin hozirlar ekan, bu kabi targ‘ibot-tashviqot ishlari va tashabbuslar kelgusida ularning yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishlariga asosiy sabab bo‘ladi.
Tushuntirish ishlari yakuniga yetgach, tarbiyalanuvchilar ishtirokida velomarafon o‘tkazildi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun