Ular qalbimizda…

Date:

1941-1945 yillarda 53 365 nafar surxondaryolik frontga jo‘natildi. Afsuski, ketganlarning 11 ming nafari halok bo‘ldi. Bu raqamlar urushda qon kechgan, shirin jonini Vatan tinchligi yo‘lida fido qilgan mardlar haqida so‘zlaydi. Bu raqamlar qo‘llariga shuncha qora xat olgan onalar, beva ayollar, yetimlikning achchiq og‘riqlarini his etgan mung‘aygan qora ko‘zlar haqida hikoya qiladi. Urushning nomi o‘chsin. Hech qachon urush bo‘lmasin va hech bir oila er yigitining joni erta so‘nmasin.

9-may – Xotira va qadrlash kuni. Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaga esa 77 yil bo‘layapti. Shu munosabat bilan tashkil etilgan uchrashuvlar, bayram dasturlari o‘tganlarni eslash, tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish, shukronalik hissini unutmaslikka chorlaydi. Sana Surxondaryo viloyatida ham keng nishonlandi.

Bu kunda yo‘limiz Xotira maydoniga ulanadi. Farzandini urushga jo‘natib, qayg‘uga botgan ona timsoli poyiga gul qo‘yishga odatlanganmiz. Ana shu siymo qarshisida turib, ona matonatiga, irodasiga tan beramiz. Urushga ketgan askarlar o‘lmagan, hamon hayot, ular qalbimizda, xotiramizda sharaf va shon ila yashayotgandek…

Termiz shahridagi Xotira maydoniga Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov, sektorlar rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari tashrif buyurib, harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro Ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘ydilar. Ha, urushda mardonavor jang olib brogan, Vatan tinchligi, xalq osoyishtaligi yo‘lida jon fido qilgan o‘g‘lonlar yod etildi.

Xotira maydoni oqshomga qadar ziyoratchilar bilan gavjum bo‘ldi. Ular urushda mardonavor qatnashgan hamda jon fido etgan vatandoshlarimizni yod etdilar.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

PSIXOLOGLAR FORUMI BO‘LIB O‘TDI

Termiz shahrida joylashgan 26-umumta’lim maktabida "Maktabgacha va maktab ta’limi...

Shirinoza mutlaq g‘olib

Termiz shahridagi Yoshlar markazida mental arifmetika bo‘yicha respublika ochiq...

Tibbiy ko‘rik o‘tkazilmoqda

Prezidentimizning tibbiyot sohasiga oid qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Sog‘liqni...

Shoh ham, piyoda ham…

Hayot xuddi shaxmat o‘yiniga o‘xshaydi. Unda hammaning o‘z o‘rni...
KunTun
KunTun