Yordamchi qanday ishlayapti, Hokim bobo?!

Date:

Ishonib topshirilgan vakolat va lavozim o‘zini oqlashi uchun munosiblar saralanib, hokim yordamchilari o‘z ishini boshlaganiga hali ko‘p bo‘lmadi. Ammo, bo‘ladigan ish boshidan ma’lum deganlaridek, ishga kirishiboq aholining muammolarini o‘rganib, munosib yechim topishida, turmush tarzini yaxshilashda jonbozlik ko‘rsatib, tashabbus ko‘rsatayotgan hokim yordamchilari ham bor.

Shunday bo‘lsa-da, nazorat, kuzatuv ish samaradorligini kuchaytiradi, mas’uliyatga dahldorlik hissini oshiradi. Shu maqsadda Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdiyev ishonch bildirgan hokim yordamchilari qanday ishlayotganiga qiziqdi. “Chegara”, “Gulira’no” va “O‘zbekiston” mahallalarida bo‘lib, faoliyat bilan tanishdi. Hokim yordamchisi tavsiyasi asosida ajratilgan kreditlar maqsadli yo‘naltirilganmi, shu bo‘yicha joylarga chiqib o‘rgandi.

Hokim yordamchisi mahalla drayverlarini belgilab olib, yangi g‘oyalar asosida loyihalar ishlab chiqishi, fuqarolarga keakli yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishi shart. Shahar hokimi to‘g‘ri targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishda hokim yordamchilariga ko‘rsatma va tavsiyalar berdi.

— “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida mahallamizda quyonchilik, chorvachilik va parrandachilik bilan shug‘ullanib kelamiz, — deydi “Chegara” mahallasida yashovchi Normengli Esanov. — Men ham o‘z ishimni kengaytirish maqsadida imtiyozli kredit so‘rab murojaat qilgan edim. Hokim yordamchisining xizmatlari bilan murojaatim qisqa muddatda yechim topdi.

Shahar hokimi tomonidan mahalla aholisining tashabbusi va qiziqishlaridan kelib chiqib, joriy yilning 2-chorak yakuniga qadar ushbu mahallada yana 80 ta oilaga tegishli tartibda imtiyozli kreditlar ajratiladigan bo‘ldi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...

Yoshlar yorug‘ va shinam sinfxonalarda o‘qiydi

Bandixon tumanida yosh avlod uchun zamonaviy ta’lim sharoitlarini yaratishga...
KunTun
KunTun