“Teskari everest”ni bilasizmi?

Date:

Dunyodagi eng baland cho‘qqi Jomolungmadagi Everest cho‘qqisi ekanligini ko‘pchilik bilishi tayin, biroq xorijliklar tili bilan aytganda, “Teskari everest” yonginamizda, o‘zining go‘zal va maftunkor tabiati bilan dunyoga mashhur Boysun tumanida joylashganini xayolimizga ham keltirmaganimiz aniq. Bu hali siz bilmagan birgina jihat. Bordiyu Boysun tomonlarga yo‘lingiz tushsa, so‘lim go‘shaning ochilmagan qirralari bir-bir bo‘y ko‘rsataveradi. Buning uchun siz “Boysun bahori”ga albatta tashrif buyurishingiz va nodir ne’matlardan bahra olishingiz kerak bo‘ladi.

“Boysun bahori” har yilgidan-da o‘zgacha o‘tishi turgan gap. Negaki, bu yil tayyorgarlik avjida. Vohadagi mutasaddilar o‘nga yaqin turdagi etnosport musobaqasi, ot ustida kurash va ot ustida merganlik bellashuvlari, dor va sirk o‘yinlarini o‘tkazishni reja qilishgan.

Qolaversa, viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi muqaddas ziyoratgohlar, tibbiyot, agro, etno va boshqa turistik obyektlarga qiziqarli sayohatlar uyushtirishni rejalashtirgan. Shuningdek, festivalga uzoq-yaqindan kelgan shinavandalar havo sharlari va aeroplanlarda Boysunning maftunkor tabiatga ega go‘zal tog‘ manzaralarini miriqib tomosha qilishi uchun ham zarur qulayliklar yaratish choralari ko‘rilmoqda.

Xorijdan keladigan sayyohlaru festival ishtirokchilari asosan, oilaviy mehmon uylarida tunab qolishni, xonadonlarda ma’lum muddat yashab, qadimiy urf-odatlar, taomlarning tayyorlanishidan tortib, oila tutumigacha qiziqish bildirgani uchun ham birgina Boysunning o‘zida mehmonlarga xizmat ko‘rsatadigan 50 ga yaqin oilaviy mehmon uylari faoliyat yuritmoqda. Har bir oilaviy mehmon uylari belgilangan nizomga ko‘ra, 10 nafargacha mehmonni qabul qila oladi.

Adolat MO‘MINOVA

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun