Tangisar darasidan Darbandgacha velomarafon

Date:

Joriy yilning 6-8-may kunlari bo‘lib o‘tadigan “Boysun bahori” xalqaro festivalining dastlabki kunida, ya’ni 6-may kuni sport tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Dastlabki kuni xorijiy va mahalliy mehmonlar kutib olingach, ularga vohamizning sport salohiyatini namoyish etish, madaniy va ko‘ngilochar, diqqatga sazovor Boysunni ko‘rsatish reja qilingan.

Musobaqa davomida Tangisar darasidan Darbandgacha bo‘lgan masofada velomarafon o‘tkaziladi. Mazkur tadbirni tashkil etishda bevosita viloyat sport boshqarmasi mas’ul etib belgilangan va tadbirni ko‘tarinki ruhda o‘tkazish uchun viloyat Velosport federatsiyasiga bitta “Damas” avtomobili hamda 40 ta velosiped olib berilgan.

Bunda bevosita sayyohlar velosport musobaqalaridan bahramand bo‘lish barobarida Boysunning eng chiroyli, go‘zal va betakror tabiati qo‘ynida sayr qilishadi.

E.Elmurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun