“Soatiga 30 kilometrdan oshirgan haydovchi jarimaga tortiladi”

Date:

Singlimni maktabga olib borayotib, avtohalokatning guvohi bo‘ldik. Qarshimizda yo‘ldan o‘tayotgan qizaloqni yashin tezligida kelgan mashina bir urib, bir necha chaqirim uzoqlikka uloqtirib yubordi. Qizcha hushsiz. biz sarosimaga tushib qolgandik. Bir necha soniya avval katta yo‘lga chiqqanimizda, bu voqea biz bilan ham sodir bo‘lishi mumkin edi. Bir necha kundan o‘sha qizchaning yosh joni nobut bo‘lganini eshitdik.

Bunday holatlar tez-tez sodir bo‘lib turadi. Uchar haydovchilarning birgina ehtiyotsizligi ayanchli oqibatlarga olib keladi. To‘g‘ri, qonun doirasida belgilangan jazoni ham olar, ammo norasida bolalar qaytib kelarmidi…
Mana shunday ko‘ngilsiz halokatlarning oldini olish maqsadida hukumat qarori bilan “Yo‘l harakati qoidalari”ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Endi maktab va bog‘cha atrofidagi yo‘llarda 300 metrgacha bo‘lgan masofada tezlikni soatiga 30 kilometrdan oshirgan haydovchi jarimaga tortiladi. Aholi punktlarida bu me’yor 70 kilometrdan oshmasligi qat’iy belgilandi. Turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) esa soatiga 20 kilometrdan oshirmasdan harakatlanish har qanday ko‘ngilsiz voqeaning oldini oladi.
Yangi tahrirdagi Yo‘l harakati qoidalari joriy yil 1-maydan boshlab amalga kiritiladi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tomorqadan daromad, tikuvchilikdan bandlik

Angor tumanining "Bahor" mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini...

Taekvondochilarimiz xalqaro musobaqada sovrindor

Namangan shahrida Taekwondo WT bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Uzbekistan Open 2026”...

Ustozlar ichra a’lo

“Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” respublika tanlovida Boysun...

Bolalar xavfsizligi axborot makonidagi mas’uliyatdan boshlanadi

Bugun bolalarni zararli axborotdan himoya qilish faqat ota-onalar yoki...
KunTun
KunTun