“To‘palang”dan Termizgacha…

Date:

Suv tabiatda keng tarqalgan. Yer yuzining qariyb 3/4 qismini tashkil qiladi. Gidrosfera — okeanlar, dengizlar, koʻllar, suv havzalari, daryolar ko‘rinishida suv mavjud. Biroq ulardagi suvlarni inson shu holicha icha olmasligini, kundalik iste’moli uchun yaroqli emasligini fan ham isbotlagan.

Shuning uchun ham kundalik iste’moli uchun zarur bo‘ladigan toza ichimlik suvi bilan ta’minlanish aholi uchun birlamchi masalalardan hisoblanadi. Qolaversa, suvsiz hayot bo‘lmas deganlaridek, bugun vohaning har nuqtasida istiqomat qilayotgan aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanmagani ham bor gap. Ammo ushbu dolzarbligini yo‘qotmaydigan masalaga yechim izlashda mutasaddilar har qachon safarbar. Viloyatimiz aholisini markazlashtirilgan toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida “To‘palang” suv omboridan magistral suv ta’minoti tarmog‘ini yotqizish loyihasini amalga oshirish ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Jumladan, ayni paytda bosimni so‘ndirish, suvni tozalash va tarqatish inshootlarini qurish hamda suvni tuman (shahar)larga yetkazib berish uchun metal quvurlarni yotqizish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Loyihaga ko‘ra, Sariosiyo, Denov, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on, Bandixon, Qiziriq, Sherobod, Angor, Muzrabot, Termiz tumanlari va Termiz shahridagi 1 million 700 ming aholining suv ta’minoti yaxshilash maqsadida “To‘palang” suv omboridan joylardagi suv taqsimlash uzellarigacha jami 361 kilometr quvur tortiladi.

Avtoulovda harakatlanganda To‘palangdan to Termizgacha masofani 3-4 soatda bosib o‘tiladiyu o‘sha tomonlardan toza ichimlik suvini aholiga quvurlar tortish orqali yetkazib berishning mashaqqatini bir tasavvur qiling. Aytar og‘izga oson bo‘lishi mumkin, ammo ushbu savobli va muhim loyihaning zamirida ulkan mehnat, harakat va xalq manfaati yotibdi.

Loyihaning umumiy qiymati 138 million dollar bo‘lishi hisob-kitob qilingan. U 2021-2023 yillar davomida bosqichma-bosqich ishga tushiriladi.

Bundan ko‘rinadiki, yaqin ikki yil ichida vohada toza ichimlik suvi bilan bog‘liq muammo bo‘lmaydi. To‘palangda boshlangan amaliy harakatlar fikrimiz tasdig‘idir.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Adolat va shaffoflik timsoli

“Ibratli sudya” mukofoti sudyalarning faoliyatini rag‘batlantirish va ularning xolisona...

“Yashil iqtisodiyot” fondi tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston–2030 strategiyasini Atrof-muhitni asrash va “yashil...

Plastik chiqindiga doir yangi taklif

2025-yil 1-noyabrgacha plastik mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar hamda import qiluvchilarga...

“Toza qo‘llar” dasturi amalga oshiriladi

Barcha sog‘liqni saqlash va ta’lim muassasalarida qo‘l yuvish joylari...
KunTun
KunTun