Qumqo‘rg‘onda 5 yil avval 18 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud edi, hozirda bu ko‘rsatgich 221 taga yetkazildi

Date:

Barchaga ma’lum-u mashhur rivoyatda donishmand onaga aytganidek, bola tarbiyasida muhim yosh uning maktabgacha bo‘lgan davridir.

Bola dastlabki yillarda tez va ko‘p qabul qiladi va bu tarbiyaning asosiy qismini tashkil etadi. Bugungi bolakayning ertaga qanday inson bo‘lishi ko‘p jihatdan bolalik deb atalgan bu davrning qanday o‘tgani, uning ongi va qalbiga atrof-muhitdan nimalarni olib kirganiga bog‘liq. Bunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o‘rni nihoyatda muhim. Afsuski, mana shunday davrda ko‘pgina bolajonlar uyda, bog‘chaga borish imkoniyatidan mahrum.

Bola yashaydigan hududda bog‘chalarning yo‘qligi, bo‘lsa-da masofaning uzoqligi bu yo‘lda katta g‘ov. Bu borada qilinayotgan amaliy ishlar kech bo‘lsa-da, bolalarning bog‘cha ko‘rishiga, yetarlicha ta’lim-tarbiya olishiga sabab bo‘lyapti.

Qumqo‘rg‘on tumani “Hurriyat” mahallasida 1978-yil qurilgan 10-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’mirtalab holga kelib qolgan edi. O‘tgan yilda “Obod qishloq dasturi” asosida 1 milliard 800 million so‘m mablag‘ evaziga qayta ta’mirlanib, qamrovi oshirilgani va foydalanishga topshirilgani mahalla ahlini quvontirdidi. Ta’lim tashkilotida mahalladagi 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan 398 nafar bolajonning 140 nafari kuni uzaytirilgan, 50 nafari qisqa guruhlarga qamrab olindi.

Tumandagi “Mehrobod” mahallasida 90 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkilotining-da foydalinishga topshirilgani qo‘shaloq quvonchli hodisa bo‘ldi. Ushbu bog‘chada ham 120 nafar bolajonning 90 nafari kuni uzaytirilgan, 30 nafari qisqa guruhlarga qabul qilindi. Ta’lim tashkilotida hududdagi 20 nafar pedagog va ishchi xodim bandligi ta’minlandi.

Aytish kerakki, Qumqo‘rg‘on tumanida 5 yil avval 18 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud edi. Hozirda bu ko‘rsatgich 221 taga yetkazildi va 11 522 nafar bola qamrab olindi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

57 yillik orzu ro‘yobga chiqdi

Muzrabot tumani markazidan 60 kilometr uzoqlikda joylashgan "Qorakamar" qishlog‘i...

Maktab yangi o‘quv yiliga shay

Muzrabot tumanining Chegarachi mahallasidagi 29-sonli umumta’lim maktabida yangi o‘quv...

Yoshlar sog‘lom hayot sari chorlanmoqda

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz”...

Surxondaryoda iqtisodiy taraqqiyot jadallashadi

Beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida Surxondaryo viloyati delegatsiyasi 16...
KunTun
KunTun